Mavzu: Nazorat tizimini portfolio shaklini qo’llashning mahalliy va xorijiy amaliyotini tahlil qilish


Download 21.23 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi21.23 Kb.
#1125641
1   2   3
Bog'liq
2-mustaqil ish o\'quv reja

Talaba portfolisining tarkibi
“Portfolio” tarkibi talabaning semestr yoki o’quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo’lmog’i lozim. Talaba ushbu “portfolio” orqali anjumanlarda chiqish qilib, o’zining mustaqil fikrlashga, fan bo’yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan holda, o’z-o’ziga ushbu bilim doirasi bo’yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o’z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o’z bahosini berish, uni o’qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko’rish imkonini yaratadi.

Muallifga “portfolio”ni yaratishda to’liq erkinlik beriladi.Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o’z fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o’qituvchi “portfolio” tarkibiga o’z talablarini qo’yishi ham mumkin.


Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bo’lishi mumkin:
Titul varaqa -“portfolio”ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, “portfolio”ni yuritish davri (semestr yoki o’quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o’qituvchi f.i.sh.

Portfolio” tarkibi:


-fan bo’yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani o’zlashtirish oson, nima qiyin kechyapdi, ushbu qiyinchiliklar mohiyati nimada va b);
-yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo’limlari bo’yicha kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli xil yo’llarini ko’rsatishi zarur;
-nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo’yicha 5-6 ta mustaqil ish);
-testlar;
-axborot texnologiyalaridan foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);
-guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan har bir loyiha batafsil yoziladi);
-sizning sevimli ishingiz;
-talaba faoliyati bo’yicha baholar (o’qituvchi, ota-ona va ekspertlar bahosi).



Download 21.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling