1-Mavzu: Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rnatilishi reja
Download 0.94 Mb.
|
1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monetel EFT10, Monetel EFT20, Sagem EFT10 Smart, Ingenico-5100, XiMAX va boshqalar.
- 4ta variand
Nazorat uchun savollar:
To`lov va plastic kartochkalari haqida ma`lumot bering? Plastik kartochkalar turlarini ayting? Plastik kartochka afzalliklarini ayting? 29-Mavzu: Plastik kartochkalar uchun terminalini o`rnatish va sozlash REJA: Terminal vazifasi Terminal turlari Terminalda amalga oshiriladigan ishlar. Karta ushlovchilar savdo-servis korxonalari (SSK)da sotib olinadigan tovarlar/xizmatlar haqini to‘lay olishlari uchun bank ularni savdo terminallari bilan jihozlaydi. Savdo terminallarining modeli har xil bo‘lishi mumkin va shunga qarab ularning funksional imkoniyatlari ham bir biridan farq qiladi. Bank SSKlarda terminallarning quyidagi modellarini o‘rnatadi: Monetel EFT10, Monetel EFT20, Sagem EFT10 Smart, Ingenico-5100, XiMAX va boshqalar. Ular quyidagi toifalarga bo‘linadi: - to‘liq funksional statsionar terminallar – Monetel EFT10, Sagem EFT10 Smart, Ingenico-5100. Bunday terminallarga modem o‘rnatilgan va ular mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider (savdo va mijoz riderlari) hamda magnit tasmali kartalar uchun 1ta riderga, termobosma qurilmasi va mijoz uchun ko‘chma klaviaturaga (PIN PAD) ega bo‘ladi; - to‘liq funksional ko‘chma terminallar – Monetel EFT20. Uning tarkibida mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider (savdo va mijoz riderlari) hamda magnit tasmali kartalar uchun 1ta rider, termobosma qurilmasi va modem, shuningdek akkumulatorlarni zaradlash uchun alohida zaradlash qurilmasi bo‘ladi; - miniterminallar – XiMAX. Ularning tarkibida mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider (savdo va mijoz riderlari) bo‘ladi. Mazkur terminallar avtonom ta’minot elementlari (1,5volt kuchlanishli ikkita standart batareyka)ga ega bo‘ladi hamda ixchamligi (hajmi cho‘ntak kalkulatoridek) va foydalanish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Savdo terminali tarkibida quyidagilardan iborat klaviatura/ko‘chma klaviatura mavjud: - funksional tugmalar (odatda ular terminal displeyining ostida/yonida joylashgan bo‘ladi). SSK xodimlari bu tugmalar yordamida karta bo‘yicha tegishli operatsiya turlarini bajarish uchun menu bandlarini tanlashi mumkin; - raqamli tugmalar (odatda funksional tugmalardan quyida joylashgan bo‘ladi). SSK xodimlari yoki ushlovchi/ishonch bildirilgan shaxs bu tugmalar yordamida operatsiyalarning tegishli summalari va karta PINlarini teradi; - maxsus funksional tugmalar (odatda raqamli tugmalardan o‘ngda joylashadi). SSK xodimlari va ushlovchi/ishonch bildirilgan shaxs ulardan kiritilgan operatsiya summalari va PINlarni ma’qullash/o‘zgartirish, operatsiya bajarilishini taqiqlash/ma’qullash uchun foydalanadilar. Operatsiya summasini, PINlarni kiritish va ma’qullashda ishlatiladigan tugma yashil rangda bo‘ladi. Operatsiya summasini, PINlarni o‘zgartirishda qo‘llaniladigan tugma sariq rangda bo‘ladi. Operatsiya bajarilishini taqiqlash yoki avvalgi daraja menusiga o‘tish uchun foydalaniladigan tugma qizil rangga ega; - karta bilan ishlash uchun kartrider. Karta bo‘yicha tovarlar/xizmatlar haqini to‘lash operatsiyasi quyidagi izchil xatti-harakatlar bilan bajariladi: 1. Ushlovchi kartochkani u to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan SSKga taqdim etadi. Kartochkalar bo‘yicha naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qiluvchi SSKlarning barcha ko‘rinarli joylarida “UZKART” YaBTTning bu haqda ushlovchilarga xabar beruvchi yagona logotipi joylashtirilgan. 2. SSKning xizmat ko‘rsatuvchi xodimi mazkur karta “UZKART” YaBTTning yagona logotipi yoki bankning alohida logotipiga qarab, “UZKART” YaBTTga mansubligini vizual aniqlaydi. 3. Agar taqdim etilgan kartochka “UZKART” YaBTTning yagona logotipi yoki bankning alohida logotipi bo‘yicha mazkur SSKda xizmat ko‘rsatishga qabul qilinadigan kartaligi aniqlansa, u holda SSKning xizmat ko‘rsatuvchi xodimi uni savdo terminalining kartrideriga kiritadi. 4. Xodim terminal klaviaturasida tovar/xizmat summasini teradi va xarid summasini tasdiqlash uchun ko‘chma klaviaturani yoxud terminalning o‘zini ushlovchiga beradi. 5. Ushlovchi/ishonch bildirilgan shaxs yashil tugmani bosish orqali operatsiya summasini ma’qullaydi. Agar operatsiya summasi SSK xodimi tomonidan noto‘g‘ri terilgan bo‘lsa yoki ushlovchi tovarni sotib olgisi kelmay qolsa, u operatsiya bajarilishini bekor qilish uchun qizil tugmani bosadi. 6. Shundan keyin, terminal qanday sozlanganiga qarab, to‘lov 4ta variand bo‘yicha bajarilishi mumkin: - avtomatik to‘lov – bunda terminalning dasturiy ta’minoti kartaning KOH balansini avtomatik tarzda aniqlaydi va agar u xarid qiymatini to‘lash uchun yetarli bo‘lsa, mablag‘larni darhol kartaning KOHdan yechib oladi. Aks holda, terminal displeyida KYoHdan to‘lovni amalga oshirish uchun kartangizning PIN2ni kiritish to‘g‘risida so‘rov paydo bo‘ladi; - to‘lov variantini qo‘lda tanlash – bunda terminalning dasturiy ta’minoti kartaning KOH va KYoH balansini avtomatik tarzda aniqlaydi. Agar ularning har ikkisida mablag‘lar xarid qiymatini to‘lash uchun yetarli bo‘lsa, terminal displeyida KOH yoki KYoHdan to‘lashni tanlash kerakligi ko‘rinadi. Siz o‘zingiz kartaning u yoki bu hisobvarag‘ini tanlashingiz va terminal menusiga muvofiq tegishli funksional tugmani bosib, xarid pulini qaysi hisobvaraqdan to‘lashingizni tanlashingiz mumkin; - faqat KYoHdan to‘lov – bunda to‘lov faqat kartaning KYoHdan amalga oshirilishi mumkin; 7. Siz kartangizning qaysi hisobvarag‘idan to‘lov amalga oshirilishini tanlab PIN2ni kiritganingizdan keyin va operatsiya ma’qullanganidan so‘ng (yashil tugmani bosgach), terminalda tranzaksiya bajariladi. U muvaffaqiyatli yakunlarganidan keyin operatsiya cheki qog‘ozga chiqadi (miniterminaldan tashqari) va displeyda tranzaksiya muvaffaqiyatli amalga oshgani haqida xabar paydo bo‘ladi. 8. Tranzaksiya amalga oshirilganda terminal SSKning terminalidagi savdo kartasi bilan ushlovchining kartasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitobni bajaradi. Buning natijasida ushlovchining kartasidagi mablag‘lar SSK terminalining savdo kartasiga o‘tadi. Shundan keyin, agar tranzaksiya to‘liq funksional terminalda bajarilgan bo‘lsa, tovar yoki xizmat haqi to‘langani to‘g‘risida ikkita bir xil nusxadagi chek qog‘ozga chiqadi. Ularning biri tovar va karta bilan birga ushlovchiga beriladi, ikkinchisi esa SSK xodimida qoladi. Agar tranzaksiya miniterminalda bajarilgan bo‘lsa, chek chiqmaydi, terminal displeyida esa bajarilgan tranzaksiya summasi va u muvaffaqiyatli bajarilganini ko‘rsatuvchi “OK” belgisi ko‘rinadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling