Nazorat uchun savollar:
Router signali haqida ma`lumot bering?
Router signalining kuchi nima?
Router signalini kuchaytirish choralarini ayting?
28-Mavzu: To`lov va plastik kartochkalar terminali vazifasi.
REJA:
To`lov va plastic kartochkalari
Plastic kartochkalar turlari
Plastic kartochka afzalliklari.
Bugungi kunda milliy valutadagi Visa Electron, Visa Classic va AQSh dollaridagi Visa Electron, Visa Classic, Visa Gold hamda yuridik shaxlar uchun mo‘ljallangan milliy valutadagi Visa Business korporativ plastik kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda.
Visa Electron kartasi - O‘zbekistonda eng keng tarqalgan plastik kartochka bo‘lib, foydalanishda oddiyligi va qulayligi sababli plastik kartochkadan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgan hamda bo‘lmagan shaxslarga birdek to‘g‘ri keladi. Ushbu kartochka vositasida «O‘zsanoatqurilishbank» OATB hamda UzNSNR loyihasi ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatish shohobchalarida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar o‘tkazish, naqd pul olish mumkin. Ushbu kartochkani rivojlantirish dasturlari ma'lum ijtimoiy qatlamlarga mo‘ljallangan bo‘lib, Respublika hududida va chet elda ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Visa Classic kartasi – universal to‘lov vositasidir. Bu kartochka bank kartochkalaridan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgan mijozlar uchun mo‘ljallangan. Xorijiy valutadagi (AQSh dollaridagi) Visa Classic kartochkalari Visa logotipi mavjud bo‘lgan dunyoning barcha savdo shahobchalarida qabul qilinadi. Ushbu kartochka xorijiy safarlarda eng yaqin ko‘makchidir. Uning vositasida elektron va mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda hamda internet orqali to‘lovlar o‘tkazish mumkin.
Visa Picture - mutloq yangi turdagi kartalar Visa Electron, Visa Classic bo‘lib, ushbu xizmat plastik kartochkada mijozlarning istagiga ko‘ra individual dizayn va rasm bosmasini nazarda tutib, taqdim etilgan rasmlar asosida, plastik kartochka yuz qismiga tushirilishi mumkin. Bunda, mijoz yoki uning oilasi, hamkasblarining suratlari yohud mijoz tanlagan istalgan rasm Visa Xalqaro to‘lov tizimining shartlariga rioya qilingan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |