Fibre Channel qurilmasi.
Keng tarqalgan IDE va SCSI interfeyslarning imkoniyatlari kimga ma’qul tushmasa, kimki katta tezlikka qiziqsa, Fibre Channel nazoratchilariga ahamiyat bering. Ularning ma’lumotlarini uzatish tezligi 1.06 Gbayt/s., va yaqin kelajakda 2.12 Gbayt/s. va 4.24 Gbayt/s. yetadilar. Bugungi kunda ushbu interfeysdan yuqori darajali serverlarda foydalanilmoqda. Shuningdek, proektlash, videomontaj, grafika va tovushni ishlash ichun turli ilovalarni bajaradigan kompyuterlarda ishlatiladi.
Fibre Shannelning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri, bu nazoratchi bilan qattiq diskni bog‘lovchi optik kabelining mavjudligidir. Biroq, bu standartning hamma qurilmalari ham optic kabelni ishlatishmaydi – ba’zi birlarida standart kabellar mavjud bo‘lib, ularda misli o‘tkazgichlar (provodkalar) boshqa material bilan almashtirilgan.
So‘ngi yillarda kompyuter biznesida Fibre Channel (yo‘ki oddiygina Fibre) ommabob tusga kirmoqda. Undan turli xil fizik interfeyslarni belgilashda foydalanishadi. Ushbu interfeyslarning ayrimlari optovolokonga asoslangan texnologiyalardan foydalanmoqda, ayrimlari esa hanuzgacha mis o‘tkazichlarni ishlatmoqtalar. Ushbu interfeysning umumlashtiruvchi johatlardan biri bu qurilma imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish standartidir. Xususan qurilmani turiga qarab bu standartlar o‘zgarmoqda.
Turli darajadagi kompyuter tarmoqlarida, shuningdek, local va uzoqlashgan magistralli bog‘lanishlarda optovolokonli texnologiyalar, qo‘llanmoqda. Barcha mavjud SCSI talqinlardagi ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirishi yangi texnologiyalar bilan bog‘lik. Shu bilan barcha uzoqlashgan birliklarni tashqil qilish imkoniyatini ushbu texnologiyalar amalga oshirishi mumkin. Yuqori korsatkichli RAID-massivlar ko‘p hollarda Fibre Channel interfeyslardan foydalanadilar, chunki ular ishonchli, masofa bilan bog‘lik bo‘lgan muammolarni ham echa oladilar, hamda yuqori tezlikka egadirlar. Fibre Channel texnologiyalari haqidagi eng yangi ma’lumotni Web-cayt www.fibrechannel.com da topsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |