1-mavzu: Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyatlari. Reja
Download 23.64 Kb.
|
soha 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va atamalar: iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar, umumiste’moldagi so‘zlar, hudud, terminologik leksika
- Iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar.
1-mavzu: Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyatlari. Reja: Atamalarning kelib chiqish tarixi. Atamalarning sohalar bo‘yicha yuzaga kelishi. Atama va termin tushunchasi. Nutqning aniq, ravon va mazmunli bo‘lishida kasbiy atamalarning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati haqida tushuncha berish. 4. Kasbiy sohaga (agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agronomiya, o‘simliklarni himoya qilish, o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini, zooinjeneriya, o‘rmonchilik, mevachilik va uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik va h.zo) oid so‘zlar va atamalarga misol keltirish. Tayanch so‘z va atamalar: iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar, umumiste’moldagi so‘zlar, hudud, terminologik leksika, kasb-hunarga oid so‘zlar, ilmiy atamalar, kasbiy atamalar, dehqonchilk, chorvachilik, umumiste`moldagi so‘zlar, barcha uchun tushunarli. Atamalar ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so‘z yoki so‘zlar birikmasidir. Tildagi so‘zlarning qo‘llanish darajasi shu til egalari doirasida bir xil emas. Ba’zi so‘zlar ular tomonidan birdek foydalanilsa, ba’zilari esa ma’lum hududda yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi kishilar nutqidagina qo‘llaniladi. Shu jihatdan o‘zbek tili leksikasi ikki katta qatlamga bo‘linadi: Iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar. Umumiste’moldagi so‘zlar. Iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar. Bu qatlamga oid so‘zlar qo‘llanish doirasining chegaralanish xususiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: 1. Shevaga xos so‘zlar. 2. Terminologik leksika (Kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar) 3. Jargon va argolar. 1. Shevaga xos so‘zlar. Ma’lum hududdagina ishlatilib, o‘sha yerdagi aholi uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlar shevaga xos so‘zlar deyiladi. Ma’lum sheva vakillarigina qo‘llaydigan bunday so‘zlar dialektizmlar deb yuritiladi. Masalan: Toshkentda – dovuchcha, Farg‘onada – g‘o‘ra; adabiy tilda – chumoli, Samarqand, Buxoroda – mo‘rcha, Xorazmda qarindja; adabiy tilda – tuxum, qipchoq shevalarida – mayak, Xorazmda - yumirta. 2. Terminologik leksika. Kasb-hunarga oid so‘zlar va ilmiy atamalar terminologik leksikani tashkil etadi. Ma`lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma`noni ifodalash uchun qo‘llaniladigan so‘zlarga kasb-hunarga oid so‘zlar deyiladi. Ilm – fan, texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq nomi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi atama (termin) deyiladi. Har bir fan, kasb-hunar o‘z atamalariga (terminlariga) ega. Bunday maxsus so‘zlar “terminologiya” deb ham yuritiladi: fizika terminologiyasi, lingvshstik ternimologiya, matematika terminalogiyasi kabi. Aholining ma`lum bir qatlamigina ishlatib, ulargagina tushunarli bo‘lgan so‘zlar jargon so‘zlar deyiladi. Masalan: savdogar, gado, o‘g‘ri, otarchi o‘z niyatlarini xalqdan yashirish maqsadida o‘zlari uchungina tushunarli so‘z va iboralarni qo‘llab keladilar. Natijada umumxalq tilidan farq qiluvchi “yashirin”so‘zlar paydo bo‘lgan. Bunday so‘zlar jargonlar deb ataladi va ularning paydo bo‘lishi tilda salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, o‘g‘rilar “bedana” (to‘pponcha), “yakan” (pul), “paxan” (o‘g‘riboshi), “ment” (militsioner), savdogarlar “qaychi” (revizor), “soqqa” (pul) kabi so‘zlarni qo‘llaganlar. Ba`zilari hozir ham qo‘llaniladi. Oddiy xalq bu so‘zlarning ma`nosini tushunmaydi. Download 23.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling