Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Iste`mol doirasi chegaralangan so‘zlar qaysilar?
Shevaga xos so‘zlarga ta`rif bering.
Atamalar nima?
Atamalarning qanday turlari bor?
Jargon so‘zlar nima? Misol keltiring.
Umumiste`moldagi so‘zlar nima? Ularga misollar keltiring.
1-topshiriq.
Quyida berilgan atamalarni tarix, matematika, botanika sarlavhalari ostida yozib chiqing va o‘z fikringiz asosida to‘ldiring.
Milod, urug‘chilik, xonlik, kalendar, kurtak, tub son, ra`noguldoshlar, mikroskop, quldorchilik, hujayra, kesma, ildizpoya, tenglama, kvadrat, murakkab son, qoldiq.
2-topshiriq.
Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz? O‘sha kasb doirasida ishlatiladigan so‘zlarga misollar (kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar) yozing.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Qo‘ng‘urov. E. Begmatov. Yo. Tojiyev. "Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari" "O‘qituvchi". Toshkent - 1992.
T.Qudratov. "Nutq madaniyati asoslari" "O‘qituvchi" 1993 y.
S. A. Karimov, SH. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova. “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish”. “O‘zbekiston”. Toshkent. 2003-yil.
N. Mahmudov, A. Rafiyev, I. Yo‘ldoshev. “Davlat tilida ish yuritish”. “Sharq”. Toshkent. 2008 yil.
E, Qilichev, V, Qilichev. “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari”. Buxoro. 2001 yil.
N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, V. Qodirov, Z. Jo‘raboyeva. “Ona tili” “Ma`naviyat”. Toshkent. 2007 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |