1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Download 1.73 Mb.
bet64/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1588530
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja

2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Psixologik adabiyotlarda “rahbar”, “lider”-“yetakchi”, “boshliq” kabi atamalar deyarli sinonim sifatida ishlatiladi. Aslida psixologik nuqtai nazardan, bu tushunchalarda muayyan farqlar va umumiylik bor. Umumiylik shundaki, har biri kimningdir kimlar ustidan hukmronligini, ustun sifatlarga ega ekanligini ifodalaydi. Farqi shuki, “lider”-“yetakchi” shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o’tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxslar holatidir.
Lekin liderga xos bo’lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo’lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug’iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo’lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik, mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog’liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o’zining ilg’orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi.
“Rahbar” esa ko’proq shaxsning u boshchilik qilayotgan jamoadagi faoliyatga aloqadorligini, uning rasmiy mavqeini bildiradi. Shuning uchun ham har doim ham lider bilan rahbar bir shaxs bo’la olmaydi. Rahbarlar bir-birlaridan nimasi bilan farq qiladi, degan savol o’rinli. Ular asosan odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko’rsatish va ishni tashkil etish mahoratiga ko’ra farqlanadilar. Shunga bog’liq ravishda fanda boshqaruvning bir necha uslublarini farqlab, o’rganishadi.
Lider” va “rahbar” tushunchalari o’rtasidagi farqlar haqida B.D. Parigin shunday yozadi:

  • lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar — shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

  • liderlik kichik guruhlargagina xos bo’lgan hodisa bo’lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkin;

  • agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo’ladigan hodisadir;

  • liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo’lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yunalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;

  • rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin;

  • lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin;

  • liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo’lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling