1-mavzu. Sotsial psixologik xizmat tizimida reabilitatsiya masalalari Reja
Fanning obyekti, maqsad va vazifalari
Download 75.23 Kb.
|
Fanning obyekti, maqsad va vazifalari.
K.Renner va G.Yumashevga koʻra reabilitatsiya-bu kasal va invalidlar (bolalar va kattalar)ning funksional va ijtimoiy mehnatini tiklovchi jamoat zaruratidir. Bular davlat, jamiyat, tibbiyot, psixologik, pedagogik, yuridik va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy reabilitasiya — bu insonni ijtimoiy mavqeyi, sogʻligi, ishga layoqatlilik huquqini tiklashga qaratilgan kompleks choralardir. Ijtimoiy reabilitatsion faoliyatni turli darajalari farqlanadi: ijtimoiy-tibbiy, kasbiy-mehnat, ijtimoiy- psixologik, ijtimoiy-rolli, ijtimoiy-huquqiy. Ijtimoiy-psixologik reabilitasiya mijoz (nogiron va boshqalarga jamiyatda va atrof muhitda adaptasiya jarayoni samarali kechishiga, maʼnaviy-psixologik muvozanatga erishishga, oʻziga ishonishga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga, toʻliq hayot bilan yashab ketishga yordam beradi. Shunday qilib reabilitasiyaning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat: Kasallar, nogironlar, hamda boshqalarning qobiliyatini funksional tiklash; Mehnatga moslashish (mehnat terapiya); Uzluksiz ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya shaxsni har kunlik hayot faoliyatiga psixik funksiyalarini va kommunikativ qobiliyatlarini qayta tiklash asosida qoʻshiluvi. Ijtimoiy psixologik reabilitatsiya obyekti boʻlib, kasal va nogironlar bilan bir qatorda quyidagi odamlar guruhi hisoblanadi, bular: nafaqaxoʻr va keksalar; bomjlar; qarovsiz va koʻchada qolgan bolalar hamda oʻsmirlar; ishsizlar, qochoqlar va migrantlar; ekstremal vaziyatga tushgan odamlar; hukmni oʻtayotganlar va ozodlikka chiqqanlar; alkogoliklar va giyohvandlar kabilar kiradi. Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya obyektini umumlashtirib 3 guruhga ajratish mumkin: Ijtimoiy kam himoyalangan guruhlar (yetimlar, nogironlar va boshqalar); Marginallar guruhi (daydilar, bomjlar); Xulqi ogʻishgan shaxslar (hukm qilinganlar, alkogoliklar, giyohvandlar va boshqalar). Mutaxassislar ijtimoiy reabilitatsiyaning quyidagi tamoyillarini ajratib koʻrsatganlar: Ijtimoiy-reabilitatsiyaning bosqichma –bosqichliligi tamoyili. Ijtimoiy reabilitatsiyaning differensialliligi, tizimliligi, kompleksliligi tamoyili. Ijtimoiy reabilitatsiyaning tizimliligi, ichki imkoniyatlarning realizatsiyasi Ijtimoiy reabilitatsiyaning individualligi Ijtimoiy reabilitatsiyaning ochiqligi Ijtimoiy reabilitatsiya bosqichlari: Diagnostikaga asoslangan prognostik bosqich Ijtimoiy reabilitatsiya texnologiyalarini saralash bosqichi. Bevosita ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish bosqichi Amaliy imkoniyatlarni realizatsiyalash bosqichi Ekspert baholash bosqichi. Download 75.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling