1-Mavzu: Soxibkorlik faoliyati va soxibkorlik kapitali
Download 104.2 Kb.
|
1-Mavzu SOXIBKORLIK SLAYD
1-Mavzu:Soxibkorlik faoliyati va soxibkorlik kapitali. Reja Tadbirkorlik kapitali, uning xarakat bosqichlari, doiraviy aylanishi va turlari Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Tadbirkorlik faoliyatining moxiyati, vazifalari va asosiy shakllari Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari Tadbirkorlik faoliyati deganda mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida qonun doirasida mulkiy javobgarlik aosisda tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatga aytiladi. Tadbirkorlik faoliyati yaratuvchilik, ishlab chiqarish va xizmat kursatish faoliyatidir. Biznes deganda qonun doirasida xar kanday pul topishga karatilgan faoliyatlar yigindisiga aytiladi. Biznes keng tushuncha bo‘lib uning bir kismini tadbirkorlik tashkil etadi. Tadbirkorlik - moddiy va pul mablaglarini foyda olish maqsadida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni yetkazib berib, kishilarga naf keltiruvchi , ularning xojatini chiqaruvchi faoliyat tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyati quyidagi vazifalarni bajaradi Tadbirkor foyda olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani kupaytirish bo’yicha asosiy qarorlar qabul qiladi Tadbirkor - yuqori foyda olish orqasidan xamda yangi maxsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki xatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga xarakat qiluvchi tashabbuskor shaxs xisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati - bu taxlikaga boruvchi faoliyat. O‘zbekiston Respublikasi “ulkchilik tug‘risidagi “qonuniga muvofiq iqtisodiyotdagi barcha mulkchilik shakllari tadbirkorlik bilan shug’ullanishga xaqlidirlar. SHundan kelib chiqqan xolda xozirda quyidagi tadbirkorlikning asosiy shakllari amal qiladi: SHaxsiy tadbirkorlik Xususiy tadbirkorlik Jamoa tadbirkorligi Davlat tadbirkorligi Aralash tadbirkorlik Yuqoridagilardan tashqari tadbirkorlik faoliyati ishtirok etuvchilar soniga va faoliyatining cheklangan yoki cheklanmaganligiga qarab quyidagi turlarga bulinadi: Kichik tadbirkorlik O’rta tadbirkorlik Yirik tadbirkorlik Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muxim turi bu aksionerlik jamiyatidir. Aksionerlik jamiyati huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan nizomli jamiyat bo‘lib, belgilangan tartibda va ma’lum ruxsatlar asosida tashkil etiladi. Aksiya - bu uning egasi xissadorlik jamiyati kapitaliga uzining ma’lum xissasini qushganligiga va uning foydasidagi dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvoxlik beruvchi qimmatli qogozdir. Aksiyada ifodalangan pul summasi aksiyaning nominal qiymati deyiladi. Aksiya bozorida sotilgan baxo aksiya kursi deyiladi. Aksiya kursi quyidagicha aniklanadi: dividend Aksiya kursi k --------------------------- x 100 ssuda foizi Marketing deganda istiqbolni ko’zlab bozor xolatini o‘rganishga aytiladi. Marketing quyidagi vazifalarni bajaradi: -Bozor xolatini o‘rganish -Mijoz to’plash va ko’paytirish -Marketing strategiyasini belgilash -Korxona istiqbolini belgilab berish va xk. Tadbirkorlik kapitali xarakatining 3 bosqichi mavjud: -Pul kapitali bunga pul mablaglari va pulga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar kiradi. -Unumli kapital bunga ishlab chiqarish omillariga aylangan barcha iqtisodiy resurslar kiradi. -Tovar kapitali. Bunga iste’molga tayyor bo‘lgan turli xil tovarlar kiradi. Tadbirkorlik kapitali ikki turga bo‘lib urganiladi: 1-Asosiy kapital. 2-Aylanma kapital. -Asosiy kapital deganda bir necha ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini asta-sekinlik bilan maxsulot tannarxiga o’tkazuvchi kapitalga aytiladi. Masalan, mehnat qurollari. -Aylanma kapital deganda bir ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini to’liq maxsulot tannarxiga o’tkazuvchi kapitalga aytiladi. Masalan, mehnat predmetlari, ishchi kuchi. Raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarning narxi uni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlarga hamda bozordagi talab va taklif xajmiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovarlarni va xizmatlarni yaratish uchun ketgan barcha sarf-xarajatlar yigindisiga aytiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi, -ya’ni xom-ashyo, materiallar, yoqilgi-energiya, yarim fabrikatlar, ishchi kuchi xarajatlari, sug’urta ajratmalari, pensiya fondiga ajratmalar, soliqlar va byudjetga to’lovlar, korxonaning boshqa to’lovlari va majburiyatlari, amortizatsiya ajratmalari va boshqalar kiradi. Ish haqi deganda bajarilgan ish va xizmat birligi uchun yoki yaratilgan tovarlar va xizmatlar miqdori uchun to’lanadigan xaqga aytiladi. Ish haqi - ishchi va xizmatlar mehnatining miqdori, sifati va unumdoriligiga qarab milliy maxsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqidir. Real ish haqi - bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori, ya’ni nominal ish haqining xarid etish layokatidir. Download 104.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling