1-Mavzu: sql tiliga kirish
Download 90.91 Kb.
|
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Where bo`limi
From bo`limi
From bo`limi quyidagi sintaksisga ega: <from bo`limi> ::= FROM From bo`limi bajarilish natijasida ro`yxatda berilgan jadvallarning «kengaytirilgan» dekart ko`paytmasi hosil bo`ladi. «Kengaytirilgan» atamani ma`nosi shundaki, natijaviy jadvalda bir xil satrlar bo`lishi mumkin. Sintaksisdan ko`rinib turibdiki, jadval nomidan keyin qo`shimcha ism qo`yish mumkin va operatorni boshqa bo`limlarida shu ism orqali jadval ustunlariga murojaat qilish mumkin. Bu ancha qulayliklar yaratadi, birinchidan sinonim qisqa bo`lishi mumkin, ikkinchidan biror bir jadval ko`p marta ro`yxatda uchrashi mumkin, bu holda sinonim albatta ishlatilishi kerak. Jadval ifodasida from bo`limi majburiydir, agarda u yagona bo`lsa,ifodani natijasi shu bo`lim natijasiga teng bo`ladi. Where bo`limi Agar jadval ifodasida where bo`lim mavjud bo`lsa, u keyingi navbatda hisoblanadi. Where bo`limning sintaksisi quyidagicha: <where bo`lim> ::= WHERE <qidirish sharti> <qidirish sharti> ::= [NOT] {<predikat>|(<qidirish sharti>)} [{{OR | AND}{ [NOT] {<predikat>|(<qidirish sharti>)}}}…] <predikat>::= <solishtirish predikati> | <interval predikati> | <mansublik predikati> | <qolip predikati> | <null predikati> | <kvantor predikati> | <mavjudlik predikati> Where bo`limini hisoblanishi quyidagicha bajariladi: faraz qilaylik R- FROM bo`limini hisoblash natijasi bo`lsin. U holda, tanlash sharti R jadvalni barcha satrlariga qo`llanadi, where bo`limi natijasida R jadvalga tanlash shartini qo`llashda predikat qiymati TRUE ga teng bo`lgan satrlar qoladi. Agar tanlash shartiga so`rov qismlari kirsa, u holda har bir satr uchun so`rov qismi qayta hisoblanib shart tekshiriladi, lekin aslida hisoblash usullari real MBBTda boshqacha bo`lishi mumkin. SQL/92 namunada berilgan bazasida noma`lum qiymatlar uchrashi mumkin, ya`ni Null-qiymat, bu qiymatni 0 bilan yoki bo`sh satr bilan adashtirmaslik kerak, Null-qiymatga ega bo`lgan har qanday arifmetik ifodani qiymati NULLga teng, agar satrlar ulamasida (kontenatsiyasida) Null-qiymat uchrasa, bunday ulamani qiymati NULL bo`ladi, xuddi shunday solishtirish amallarni natijasi ham NULLga teng. Tanlash shartini hisoblashda uch qiymatlik mantiq (TRUE, FALSE, NULL) ishlatiladi, ya`ni bu amallarning natijasi quyidagicha bo`ladi: Download 90.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling