1-Mavzu: sql tiliga kirish
Download 90.91 Kb.
|
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- SQL tilining vazifasi
1-Mavzu: SQL TILIGA KIRISH. Reja; SQL tili va uning yaratilish usullari. SQL tilining tarixi va ishlatilish atamalari. SQL operatorlarini yozish qoidalari. Ma`lumotlarning relatsion modelini ishlab chiqish natijasida SQL tili yaratilib, relatsion ma`lumotlar bazasining namuna tiliga aylandi. Bu tilning asosida relatsion algebra va relatsion hisob turibdi. 1987-yildagi Standartlar bo`yicha xalqaro tashkilot (ISO) tomonidan SQL tilining namunasi qabul qilindi. SQL tilining vazifasi BB bilan ishlaydigan har qanday til quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishi kerak: 1. Ma`lumotlar jadvalini, ularning bazaviy tizimini yaratish va tavsiflash. 2. Ma`lumotlar ustida ishlov amallarini bajarish, ya`ni jadvalga ma`lumotlarni qo`shish, o`zgartirish va olib tashlash. 3. Oddiy va murakkab so`rovlarni bajarish. Ko`rsatilgan imkoniyatlarning barchasi SQL tilida amalga oshirilgan. SQL tili ikkita asosiy tarkiblarga ega: DDL (Data Destination Language) tili, ya`ni ma`lumotlarni tavsiflash tili. Bu til ma`lumotlar bazasini tuzilishini tavsiflash va ularga murojaat qilishni boshqarish imkoniyatlarini yaratadi. DML (Data Manipulation Language) tili, ya`ni berilganlarga ishlov. Bu til ma`lumotlarni yangilash va tanlash uchun ishlatiladi. Bu tilda hisoblash jarayonini boshqarish komandalari, ya`ni IF …THEN… ELSE, DO … WHILE, GOTO kabi komandalar yo`q, shu sababli bu tilni ikkita usul bilan ishlatish mumkin, ya`ni muloqot (foydalanuvchi bevosita SQL operatorlarini ketma-ket kiritadi) usuli yoki SQL tiliga ega bo`lgan yuqori bosqich tili orqali. SQL tili noprotsedur til bo`lgani sababli, unda berilganlarni qaysi yo`l bilan olish emas, balki qanday ma`lumot kerakligini ko`rsatish kerak. SQL tilida operatorlar erkin formatda yoziladi, ya`ni fiksirlangan pozitsiyaga bog`lanmagan holda. SQL tilida operatorlar ingliz tilida yozilgan kalit so`zlar bilan belgilanadi, masalan: Download 90.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling