1-Mavzu: sql tiliga kirish
Download 90.91 Kb.
|
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- SQL operatorlarni yozish qoidalari
- SELECT fam, ismi, sharifi, jinsi, tug_il, shaharlar, name shahar FROM talaba INSERT JOIN shahar ON talaba.id_shah=shahar.id_shah ORDER BY fam;
Ishlatilgan atamalar
SQL tilida relatsion modelga nisbatan quyidagi muqobil atamalar ishlatiladi: Relatsion modelda SQL tilida munosabat jadval kortej satr atribut ustun (maydon) Undan tashqari SQL tilida tanlash natijasida hosil bo`lgan jadvalda bir xildagi takrorlanuvchi satrlar bo`lishi mumkin, satrlarni tartiblash imkoniyati bor, ustunlarni tartibi fiksirlangan. SQL operatorlarni yozish qoidalari SQL tilida operatorlar erkin formatda yoziladi. Har bir operator kalit so`zlar va foydalanuvchi tomonidan kiritilgan so`zlardan iboratdir. Kalit so`zlarni bo`lib yozish mumkin emas, ya`ni ularni namunada ko`rsatilgani bo`yicha yozish kerak. Foydalanuvchilar tomondan kiritilgan so`zlar jadvallar, ustunlar, so`rovlarni va ma`lumotlar bazasidagi boshqa obyektlarni nomlash uchun ishlatiladi. So`zlarni ketma-ketligi qoidalar bo`yicha beriladi, operator nuqta-vergul (;) bilan yakunlanadi. Barcha operatorlar registrga bog`lanmagan, ya`ni katta va kichik harflarni ishlatsa bo`ladi, lekin literalda bu ahamiyatga ega. Masalan, «Boltayev » va BOLTAYEV» har xil literallardir. Til erkin formatda yozilishi mumkin bo`lgani uchun, quyidagi kelishuvlarga tayanamiz: 1. Har bir konstruksiya yangi satrdan boshlanishi kerak. 2. Har bir konstruksiya bir xil satrni bir xil pozitsiyasidan boshlanishi kerak. 3. Agar konstruksiya bir nechta qismdan iborat bo`lsa, qismlar yangi satrdan boshlanib biroz o`nga surilib yozilishi kerak. Misol : SELECT fam, ismi, sharifi, jinsi, tug_il, shaharlar, name shahar FROM talaba INSERT JOIN shahar ON talaba.id_shah=shahar.id_shah ORDER BY fam; Til konstruksiyalari sintaksisini tavsiflash uchun biz Kengaytirilgan Bekus-Naur shakli (KBNSh) metatilini ishlatamiz . Bu tilda quyidagi metabelgilar kiritilgan (meta bu boshqa tilni tavsiflash uchun ishlatiladigan so`z): 1) ::= meta belgisi chap tarafda turgan meta so`zni o`ng tarafda turgan tavsifdan ajratish uchun ishlatiladi, ya`ni meta so`z bu o`ngda turgan konstruksiyadan iborat. 2) Katta harflar kalit so`zlar uchun ishlatiladi. 3) Kichik harflar foydalanuvchi kiritgan so`zlar uchun ishlatiladi. 4) Vertikal belgisi | bir nechta variantlardan birini tanlash kerakligini bildiradi (a | b | c). 5) Figurali qavslar { } ichidagi element majburiyligini bildiradi. 6) Kvadrat qavslar [ ] ichidagi element shart emasligini bildiradi. 7) Kvadrat qavslardagi vergul va 3 nuqta belgisi [, . . .] bundan oldin turgan element nol, bir yoki bir necha marta qaytarilishi mumkinligini bildiradi. 8) Burchak qavslar < > konstruksiya elementlarini belgilash (meta so`zlar) uchun ishlatiladi. 9) Probel belgisi operatorlar shaklini qulay ko`rsatish uchun ishlatiladi. 10) Vergul belgisi elementni ro`yxatda berish uchun ishlatiladi. 11) Nuqta-vergul belgisi operator tamom bo`lishini bildiradi. Ma`lumotlar bazasi turkumini (jadvallar va bog`liqliklar) tafsiflash uchun DDL tili ishlatiladi, bazani to`ldirish va undan ma`lumot olish uchun DML tili qo`llanadi. Lekin barcha MBlarida jadvallarni yaratish, tavsiflash va o`zaro bog`lash uchun «master» (usta) deb nomlangan maxsus programma vositasi bor, shu sababli DDL tili amalda kamdan-kam ishlatiladi. Shuning uchun biz oldin DML tilini o`rganib chiqamiz. Download 90.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling