1-Mavzu: sql tiliga kirish


INSERT INTO talaba (id_tal, fam, ismi, tug_il, shahar, reyt_bal)


Download 90.91 Kb.
bet5/8
Sana02.06.2024
Hajmi90.91 Kb.
#1837802
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH

INSERT INTO talaba (id_tal, fam, ismi, tug_il, shahar, reyt_bal)
VALUES
(100,`Boltayev`,`Bolta`,1960,`Toshkent`,78.12);
Tanlash operatori
Operatorlardan eng ko`p qo`llanadigani bu SELECT operatoridir. Buning yordamida yaratilgan so`rovlar orqali berilgan jadvallardan kerakli ma`lumotlarni ajratib olish mumkin. Bu operator barcha relatsion amallarni bajarishi mumkin, undan tashqari relatsion hisobga o`xshab unda faqat natijaning ko`rinishi yoziladi. Uning namunada berilgan umumiy sintaksisi quyidagicha:
<tanlash operatori>::= <so`rov ifoda> [<order by bo`limi >]
o`rov ifoda>::= <yagona so`rov> | <so`rov ifoda>
{UNION|INTERSECT|EXCEPT} [ALL] <yagona so`rov>
<yagona so`rov> ::= <so`rov tasnifi>
<so`rov tasnifi> ::= <select ifodasi> <jadval ifodasi>
<o`tkazish operatori> ::= <select ifodasi> INTO {<o`zgaruvchilar
ro`yxati> | (<jadval tasnifi>)} <jadval ifodasi>
<so`rov qismi> ::= (<so`rov ifoda>)
<select ifodasi> ::= SELECT [ALL | DISTINCT] <select ro`yxati>
<select ro`yxati>::=<select elementi> [, ...]
<select elementi>::=*|<jadval nomi>.*|<jadval taxallusi>.*|<skalyar
ifoda> [AS <ustun psevdonimi>]
<jadval ifodasi> ::= <from bo`limi> [<where bo`limi>] [<group by
bo`limi>] [<having bo`limi>]
<skalyar ifoda>::= [+ | - ] <skalyar element> [{ { + | - | * | / | | | }
<skalyar element >}...]
<skalyar element>::=<literal qiymati> | <ustun tasnifi> | <funksiya>|<
so`rov qismi> | (<skalyar ifoda>)
<funksiya>::=<CAST funksiya>|<agregat funksiya>
<agregat funksiya>::=COUNT(*)|{SUM|AVG|MIN|MAX|COUNT}
([ALL|DIS TINCT] <skalyar ifoda>)
<CAST funksiya>::=CAST({<literal qiymat>|<ustun tasnifi>} AS
<berilganlar turi>)
SELECT kalit so`z bilan uchta sintaktik konstruksiyalarni tavsiflash mumkin: kursor tasnifi, tanlash operatori va so`rov qismi. Ular asosida sintaktik konstruksiya turibdi. Jadval ifodani semantikasi shundan iboratki, from, where, group by va having bo`limlarni ketma-ket qo`llash hisobiga, from bo`limda ko`rsatilgan jadvallardan yangi jadval hosil bo`ladi. Bunday jadvalni satrlari tartiblangan bo`lishi va unda takrorlangan satrlar ham uchrashi mumkin. Biz ketma-ket sintaktik konstruksiyalarni ko`rib chiqamiz. Tanlash operatori bitta yoki bir nechta jadvaldan kerakli ma`lumotlarni natijaviy jadval ko`rinishda hosil qiladi. Bunday jadvalga hech qanday chegaralar qo`yilmaydi, bunday jadval bitta ustun bitta satr (skalyar), yoki bitta satr bir nechta ustun, yoki bo`sh ham bo`lishi mumkin. Natijaviy jadval vaqtincha quriladi va operator ishlagandan so`ng umuman aytganda o`chirilib ketadi, lekin namunaga kursor tushunchasi ham kiritilgan. Kursor jadvalni joriy satrini ko`rsatib turadigan ko`rsatkich, kursor orqali jadvalni satrlari bo`yicha navigatsiya, ya`ni har tomonga yurish mumkin, buning uchun kursor avvalo natijaviy jadvalga bog`lanib qo`yiladi, so`ng ma`lum komandalar bilan shu jadval bo`ylab yuradi. Oxirida kursor yopilishi kerak bo`ladi, shunda natijaviy jadval ham o`chiriladi.
So`rov tasnifi
So`rov tasnifida tanlash ro`yxati beriladi bu ro`yxatda jadvallar ustunlari nomidan tashqari ulardan tuzilgan arifmetik ifodalar, satrlar va o`zgarmaslar berilishi mumkin. Natijaviy jadvalda shu ro`yxatda ko`rsatilgan ustunlar bo`ladi.
So`rov tasnifi ALL yoki DISTINCT kalit so`zlari uchrashi mumkin. Agar so`rov tasnifida DISTINCT kalit so`zi uchrasa, natijaviy jadvaldan bir xil satrlar, ya`ni takrorlanuvchi satrlar olib tashlanadi, aksincha ALL kalit so`zi ishlatilsa yoki ikkalasi ham yozilmasa satr nusxalari saqlanib qoladi.

Download 90.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling