1-Mavzu: sql tiliga kirish


Download 90.91 Kb.
bet6/8
Sana02.06.2024
Hajmi90.91 Kb.
#1837802
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH

So`rovlar ifodasi
So`rov ifodasi bu so`rov tasnifi asosida sintaktik qoidalarga ko`ra tuzilgan ifodadir. Bu ifodada faqat UNION, INTERSECT, EXCEPT (jadvallarni birlashtirishi, kesmasi va ayirmasi) yoki UNION ALL amali, bor.
Bu amallarning jadval operandlariga ustunlar soni teng bo`lishligi va mos ustunlar turi bir xil bo`lishi sharti qo`yiladi. So`rov ifodasi chapdan o`nga qarab hisoblanadi va qavslar hisobga olinadi. UNION amali bajarish natijasida birlashtirilgan jadval hosil bo`ladi va unda bir xil satrlar olib tashlanadi.
UNION ALL amal natijasida, hosil bo`lgan jadvalda satr-nusxalar saqlanib qoladi. Xuddi shunday INTERSECT amali jadvallar kesmasini hosil qiladi va EXCEPT jadvallar ayirmasini hosil qiladi, bu amallar relatsion algebra amalini to`g`ridan-to`g`ri bajaradi .
Order by bo`lim
Order by bo`limi natijaviy jadvalni kerakli tartibda ko`rsatish uchun
ishlatiladi, uning sintaksisi quyidagicha:
<order by bo`limi> ::= ORDER BY < tartib tasnifi > [, ...]
<tartib tasnifi> ::= {<tartib raqami> | <ustun tasnifi>} [ASC |DESC]
Bu sintaktik qoidalardan ko`rinib turibdiki, ORDER BY ro`yxatida so`rov ifodani natijaviy ustunlari beriladi va har bir ustun uchun tartiblash qoidasi beriladi
(ASC – o`sish (kelishuv bo`yicha), DESC – kamayish bo`yicha). Ustunlar o`z nomi bilan berish mumkin agarda:
1) so`rov ifodada UNION, INTERSECT, EXCEPT amallar uchramasa,
2) ustunda skalyar ifoda ishlatilmasa, aks hollarda ustunni tartib raqami beriladi.
Bir satrni tanlash operatori
Bir satrni tanlash operatori SQL/92 tilining alohida operatoridir.
Bu operator so`rov natijasini to`g`ridan-to`g`ri tatbiqiy programmaga kursorsiz uzatish imkoniyatini beradi. Shu sababli bu operatordan foydalanish natijasidagi jadvalda satrlar soni bittadan ortmasligi kerak. Operatorda INTO bo`limida tatbiqiy programma o`zgaruvchilari ro`yxati beriladi.
So`rov qismi
Jadval ifodaga ega bo`lgan konstruksiya bu so`rov qismidir, ya`ni SQL operatorning tanlash shartiga (predikatga) kiradigan so`rovdir.
SQL/92da so`rov qismi natijasidagi jadval faqat bitta ustunga ega bo`lish kerak. Shu sababli natija tasnifi, qiymatni hisoblovchi arifmetik ifodadan iborat bo`lishi shart.
Shuni aytib o`tish kerakki, so`rov qismlar boshqa so`rovga kirganligi uchun, unda o`zgarmaslar sifatida tashqi so`rovni ustunlar qiymati ishlatilishi mumkin. Bu to`g`risida keyinroq batafsil to`xtab o`tamiz.
Jadval ifodasi
SQL/92 namunasida jadval ifodasi from, where, group by va having bo`limlari ketma-ket from bo`limida ko`rsatilgan jadvallar ro`yxatiga qo`llash natijasida hosil bo`ladi.

Download 90.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling