1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi


MAVZU. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH USLUBIYOTI


Download 181.53 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi181.53 Kb.
#225335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
STATISTIKA

MAVZU. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH USLUBIYOTI.


Reja:

1. Statistik jamlashning mohiyati va ahamiyati.

2. Statistik guruhlashning mazmuni.

3. Statistik guruhlash shakllari.


1. Statistik jamlashning mohiyati va ahamiyati

Statistik kuzatish o'tkazilib o'rganilayotgan hodisa to'g'risida ko'pdan-ko'p va turli-tuman tarqoq ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo'lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to'plangan ma'lumotlarni bir tizimga kcltirish, tarlibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammoni statistikada jamlash (svodkalash) mctodini qo'llash bilan hal eliladi. Shundan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Statistik jamlash (svodkalash) dcganda har kuni radio va televizorda beriladigan axborot, ma’lumotlarni tushunmaslik kerak. Ular ma'lum bir ishning bajarilishi to'g'risidagi operativ ma'lumotdir.

Statistik jamlash deganda to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.

Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo'linadi.

Oddiy jamlash deganda olingan ma’umotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda csa to'plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo'yicha jamlab chiqariladi.

Markazlashgan jamlashda barcha ma'lumotlar bir yerga to'planib, o'sha yerda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro'yxati ma'lumotlarini qayta ishlash. Markazlashmagan jamlashda ish pog'onama-pog'ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k.

Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: 1.To'plangan ma'lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi. 2.To'plam birliklari o'rganilayotgan belgi bo'yicha guruhlarga ajratiladi. 3.Har bir guruh va umumiy to'plam bo'yicha jamlab chiqariladi. 4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.

Jamlash va guruhlash statistik to‘plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o‘ralashib qolgan hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etish imkonini beradi.

Tasniflash – bu o‘rganilayotgan hodisalarni tartiblash maqsadida ularning muhim belgilariga qarab guruhlarga, turkumlarga va hokazolarga ajratishdir. Statistikada tasniflash deganda o‘rganilayotgan narsalar va hodisalarni tartiblash maqsadida ularning tabiati, o‘xshashlik va farqlovchi xususiyatlariga qarab ma’lum qismlarga, guruhlarga, sinflarga, turkumlarga, turlarga taqsimlash tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to‘dasi tasniflash belgisi, ularning har bir sohibi tasniflash birligi deb ataladi.

Statistik tasniflash hamma sohalarda qo‘llaniladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi. Sotsial-iqtisodiy statistikada ijtimoiy-iqtisodiy tasniflashlar tizimi ishlab chiqilgan, ularning milliy va xalqaro standartlari ham mavjud. Iqtisodiy tasniflashlarni EHM yordamida amalga oshirish uchun tasniflagichlar yaratilgan.
2. Statistik guruhlash

Statistik guruhlash - bu o‘rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlarga birlashtirishdir. Statistikada guruhlash deb o‘rganilayotgan hodisalarni (obyektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to‘plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aksioner kompaniyalarni dividend to‘lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish.

Guruhlash statistik kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarni keyinchalik qayta ishlash va turli statistik to‘plamlarni hosil qilish zaminida yotadi. Tuzilgan har bir guruh (to‘plam) uchun umumiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar hisoblanadi, ularni bir-biri bilan taqqoslab guruhlar orasidagi farqlarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, turli belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Agarda to‘plangan ma’lumotlarni jamg‘arib umumiy ko‘rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to‘plamlarga tegishli bo‘lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz.

Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat (3.1-rasm).

Guruhlashda miqdoriy o‘zgarishlar orqali sifat o‘zgarishlarini oydinlashtirish uchun guruhlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishini ta’minlash zarur. Guruhlash belgilari qilib ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar olinishi kerak. Shu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o‘zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o‘zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur.

Masalan, ekstentiv takror ishlab chiqarish sharoitida ishchilar soni korxona miqyosini belgilash uchun muhim belgi hisoblansa, intensiv sharoitda, ya’ni ilmiy-texnika jarayoni sharoitida u ikkilamchi bo‘lib qoladi, chunki ishlab chiqarish miqyosi yangi texnika qo‘llanishi, yuqori mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Agarda lalmikor yerlarda don ishlab chiqarish hajmi ekin maydonga asosan bog‘liq bo‘lsa, sug‘orma yerlarda ekin maydonga ko‘proq ishlov berib (o‘z vaqtida sug‘orish, o‘g‘itlar berish va h.k.) yuqori hosil olishga bog‘liqdir. Shuning uchun fermer ho‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda lalmikor sharoitda don ishlab chiqaruvchi ho‘jaliklarni ekin maydoni bo‘yicha, sug‘orma dalachilik sharoitida faoliyat qilayotgan ho‘jaliklarni esa don hosildorligi (1 ga maydondan olingan hosil) bo‘yicha guruhlash ayni muddaodir.



Ayrim guruhlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishi uchun ularga mansubli birliklar soni yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko‘rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o‘zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo‘ladi. Boshqa tomondan, biror guruh to‘plam birliklarining yarmidan ko‘proq qismini qamrab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda guruhlashning muhim prinsipi (qoidasi) - bir guruhga tegishli birliklar orasidagi farqlar har xil guruhlarga tegishli birliklar orasidagi farqlardan katta bo‘lmasligi haqidagi talab buziladi, demak, bunday guruh turdosh bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi.

Guruhlar soni ko‘p - variantli yechim asosida belgilanishi kerak. Guruhlar sonini to‘g‘ri belgilash guruhlash samarali bo‘lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko‘pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo‘l hisoblanadi. Guruhlash variantlari orasidan eng qoniqarligini ajratib olayotganda tanlash mezoni qilib olish mumkin. Bu yerda -o‘rganilayotgan belgining guruhlararo dispersiyasi, - o‘rtacha ichki (qoldiq) dispersiya. Guruhlar sonini belgilayotganda, yuqorida ta’kidlangandek, barcha guruhlarga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda bo‘lishi, biror guruhga hamma birliklarining yarmidan ko‘prog‘i tegishli bo‘lmasligi va o‘rtada joylashgan guruhlarda chetki guruhlarga nisbatan birliklari soni ko‘proq bo‘lishi zarurligini e’tiborga olish kerak.

Ayrim darsliklarda4[11] guruhlar sonini G.A. Sterjess formulasi va G. Bruks hamda N. Karuzers formulasi K=5lgN (bu yerda: lg - o‘nlik logarifm, ln - natural logarifm, N-berilgan to‘plam birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash tavsiya etilgan. Ammo bu formulalar variatsion qatorlarni tuzish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan to‘plam birliklar soni 100 dan ko‘proq N>100 va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish mumkin. Formulalardan foydalanish uchun yana bir shart ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli o‘zgaruvchan qiymatlarga ega bo‘lishi kerak.

Guruhlar oralig‘ining chegarasi - bu ayrim guruhlarga tegishli birliklar sonini to‘g‘ri aniqlash garovidir. Guruhlar oralig‘ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, ko‘payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig‘i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu yerda: xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati;

xmin -uning eng kichik qiymati,

k-tuziladigan guruhlar soni.

Guruhlar oralig‘i teng bo‘lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to‘ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan to‘plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo‘li bilan ajratiladi, ya’ni m = N:k

Bu yerda: m - harbir guruhga tegishli birliklar soni;

N-umumiy to‘plam birliklari soni;

k-tuziladigan guruhlar soni.

Buning uchun dastlab to‘plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo‘yicha ularning qatori (ro‘yxati) tuziladi, so‘ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar tuziladi.
3. Guruhlash shakllari

Guruhlash statistik bog‘lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o‘rganilayotgan to‘plamning tuzilishini o‘rganish va ho‘jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.

Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo‘linadi:

1) tipologik;



  1. analitik;

  2. tuzilmaviy guruhlash.




Download 181.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling