1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi
-rasm. Statistik kuzatish shallari
Download 181.53 Kb.
|
STATISTIKA
2.3-rasm. Statistik kuzatish shallari.
Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o‘n yilda aholi ro‘yxatini o‘tkazish, talabalar o‘zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash. Bir yo‘la kuzatish -bu hodisani har zamonda, ehtiyoj tug‘ilishiga qarab kuzatish. Bir yo‘la kuzatish deganda qandaydir masalani yechish zaruriyati tug‘ilganda turli muddat oralig‘ida qaytarib turiladigan kuzatish nazarda tutiladi. Bunga misol qilib uy-joy fondi ro‘yxati, ko‘p yillik mevali daraxtlar ro‘yxati, tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni baholash ishlarini ko‘rsatish mumkin. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi. Yoppasiga kuzatish - bu to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash. Yoppasiga kuzatishda to‘plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barc ha ho‘jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro‘yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro‘yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo‘la oladi. Yoppasiga kuzatish, ayniqsa, aholi ro‘yxati va boshqa ro‘yxatlar mamlakatning bir vaqtda barcha hududlarida barcha qisqa muddatda amalga oshiriladi. Shuning uchun ularning dasturi sodda va ixcham kuch va mablag‘larni talab qiladi. Qisman kuzatish - bu mavjud kata to‘plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma’lumotlar to‘plash. Qisman kuzatishda asosiy uslubiy masala umumiy to‘plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini to‘g‘ri olishdan iborat. Bu kichik to‘plam shunday shakllantirilishi kerakki, butun umumiy to‘plam birliklari orasidagi o‘zaro munosabatlar yuqori darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan birliklarda ham o‘z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina qisman tekshirish natijalari asosida umumiy to‘plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati (ehtimoli) tug‘iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud: a) anketa (savolnoma) orqali kuzatish; b) asosiy massivni kuzatish; g) tanlama kuzatish. Anketa orqali kuzatish - bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyektlarga tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash.Anketa orqali kuzatishning mohiyati shundaki, unda tegishli savollar yozilgan varaqalar javob yozib yuborishni iltimos qilib respodentlar orasida tarqatiladi. Ammo varaqlarni to‘ldirish ixtiyoriy bo‘lgani uchun odatda tarqatilgan anketalarni faqat bir qismi javobi bilan qayta olinadi. Natijada qisman kuzatishga ega bo‘lamiz. Asosiy massivni kuzatish - bu to‘plamda asosiy o‘rinni egallagan birliklar haqidagina ma’lumotlar to‘plash, qolganlarini esa e’tiborga olmaslik. Qisman kuzatish turlaridan yana biri asosiy massivni tekshirish deb ataladi. Uning xususiyati shundaki, kuzatish uchun o‘rganilayotgan belgining umumiy hajmida eng salmoqli o‘rin tutgan to‘plamning asosiy qismi ajratib olinadi, boshqalari esa kam salmoqqa ega bo‘lganligi sababli tashlab yuboriladi, chunki, ular tekshirish natijasiga sezilarli ta’sir etmaydi.. Monografik tasvirlash - bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash. Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi. U yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida o‘tkaziladi. Monografik tasvirlash barcha to‘plam haqida fikr yuritish uchun ma’lumot to‘plashni ko‘zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi. Tanlama kuzatish - bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib ma’lumot to‘plash. Tanlama kuzatish qisman kuzatish turlari ichida ilmiy asoslangan bo‘lib, eng yaxshi natija beradi. U to‘g‘ri tashkil etilganda olingan ma’lumotlar umumiy to‘plam haqida to‘la-to‘kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Tanlama kuzatish deganda umumiy bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatlikni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U statistika amaliyotida juda keng qo‘llanadi. Masalan, uy ho‘jaliklari budjeti tanlama kuzatish orqali o‘rganiladi. Bozor sharoitida tanlama kuzatishni qo‘llash sohalari beqiyos kengayadi. Statistik kuzatish jarayonida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunga asosan statistik kuzatish to‘rt turga bo‘linadi: 1. Bevosita kuzatish – bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko‘rib, sanab, tortib va o‘lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. 2. Hujjatli kuzatish – zarur bo‘lgan ma’lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko‘pincha hisobot usuli deb yuritiladi. 3. Savol-javob yo‘li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o‘zi ikkiga bo‘linadi: 1. Og‘zaki usul (ekspeditsion). 2. O‘z-o‘zini regitratsiya qilish usuli. Og‘zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro‘yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida shu usul qo‘llangan. O‘z-o‘zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng to‘ldirilgan varaqalarni yig‘ishtirib oladilar. Varaqalarni to‘ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma’lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho‘jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro‘yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro‘yxati) o‘tkazishda qo‘llanadi. 4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma’lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi. Kuzatish xatolari-bu ma’lumotlarni to‘plash jarayoniga xos xatolardir. Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo‘ladi. 2.da statistik kuzatish xatolari turlarga ajratib tasvirlangan. Kuzatish xatolari ikki turga bo‘linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar. Muntazam xatolar o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: a) o‘lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari. Qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g‘arazli va g‘arazsiz bo‘ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko‘zlaydi. Beg‘araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo‘riqnomalarni umumiy ko‘rinishda mujmal bayon etilishidan va kuzatuvchilarning ishini osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. Shu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi.
2.4-rasm. Statistik kuzatish xatolari Reprezentativlik xatosi - bu bosh va tanlama to‘plam umulashtiruvchi ko‘rsatkichlari orasidagi farqdir. Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to‘plamning aynan shunday haqiqiy ko‘rsatkichlaridan farqi tushuniladi. Kuzatish natijalarini qabul qilish jarayonida ma’lumotlar har taraflama tekshiriladi. Arifmetik tekshirish - bu o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarni miqdoran nazorat qilish. Dastlab ma’lumotlarni arifmetik jihatdan to‘g‘riligi tekshiriladi. Bunda murakkab jamlama ko‘rsatkichlar tuzilish, o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar esa bog‘lanish jihatidan arifmetik amallar yordamida (qo‘shish, bo‘lish va h.k.) tekshiriladi. Shu bilan birga istiqbolda ko‘zlangan daraja va oldingi davrda erishilgan natijalar bilan taqqoslab ham tekshirish amalga oshiriladi. Mantiqiy nazorat - bu kuzatish materiallarini hodisaning mohiyatiga qanchalik mosligini belgilashdir. Ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki to‘g‘rimasligini aniqlashda mantiqiy nazorat alohida ahamiyatga ega. Mantiqiy nazorat deganda kuzatish materiallarini mazmunan tekshirish tushuniladi. Ular qanchalik xodisa mohiyatiga mos kelishi belgilanadi. Bunda ma’lumotlarda qarama-qarshilik bor-yo‘qligi aniqlanadi. Asosiy tushuncha va atamalar Statistik tekshirish, statistik ma’lumotlarni aniqligi, to‘laligi va taqqoslamaligi, tijorat siri va statistik materiallarni konfidentsialligi, statistik yilnoma, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, ma’muriy-idoraviy statistika, xalqaro statistika, xalqaro statistik standartlar, milliy statistik standartlar, kuzatish, hisob (uchot), statistik kuzatish obyekti va birligi, subyekti, hisob va hisobot birligi, kuzatish dasturi, statistik formulyar, yo‘riqnoma, statistik kuzatish vaqti va hisobot davri, kuzatish muddati va keskin fursat, kuzatish joyi, so‘roqlash, hujjatli kuzatish, respondent, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish, savolnoma (anketa), monografik tasvirlash, asosiy masssivni kuzatish, tanlama kuzatish, statistik hisobot, ro‘yxatlar va senzlar, maxsus statistik tekshirishlar, biznes tekshirish, tasodifiy xato, qayd qilish xatosi, muntazam xato, reprezentativlik xatosi, tashqi tekshirish, ichki tekshirish, arifmetik nazorat, mantiqiy nazoratQisqacha xulosalar Statistik kuzatish statistik tekshirishning birinchi bosqichidir. U tasviriy statistikaning asosi, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishning eng muhim va mas’uliyatli davri hisoblanadi, chunki tekshirishning pirovard natijasi avvalom bor kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarga bog‘liq. Aniqlik, to‘lalik va taqqoslamalik statistik kuzatishning asosiy ilmiy prinsiplari va qonunidir. Statistik kuzatish hisobdan, oddiy bir predmetli kuzatishdan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Statistik kuzatish har doim ommaviy xarakterga ega, uning obyekti bo‘lib ommaviy hodisa va jarayonlar xizmat qiladi. Hisob esa har bir hodisani qayd etadi, u yakkalantirish, yolg‘izlantirish xarakteriga ega. Yolg‘iz hodisa hisob va bir predmetli kuzatishning obyekti hisoblanadi. Statistik kuzatish hisobni, oddiy bevosita kuzatishni o‘z ichiga oladi, chunki ayrim hodisalarni qayd qilish yo‘li bilan ularning to‘plami haqida ma’lumotlar olinadi. Bu holda ayrim hodisa statistik kuzatish obyektining birligi hisoblanadi. Statistik kuzatish qator dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni ilmiy asosda yechishni talab qiladi. Ma’lumki, ular tegishli nazariy fanlar predmeti hisoblanadi, masalan iqtisodiy hodisalar mohiyatini, ularning muhim xususiyatlarini, ichki bog‘lanishlarini, rivojlanish qonuniyatlarini yoritish iqtisodiy nazariya va boshqa iqtisodiy fanlar predmetidir. Tarixiy manbalar asosida u yoki bu davrga tegishli buyumlar, ularning xususiyatlari va o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlash, turli joylarda izlanishlar o‘tkazib, har xil buyumlar yoki ularning parchalarini topish, topilmalarning xususiyatlarini aniqlash va modullar yasash va hokazolar - bularning hammasi arxeologiya fanining predmeti hisoblanadi. Bunday nazariy ta’limotlarni bilmasdan, ularga tayanmasdan statistik kuzatish obyekti va birligi, uning dasturini muvaffaqiyatli aniqlash va boshqa uslubiy va tashkiliy masalalarni salgina bo‘lsada to‘g‘ri yechish mumkin emas. Statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. Ular o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ma’lum masalalarni yechadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to‘planadigan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak.
Download 181.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling