1.4. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Statistika ko`p tarmoqli ijtimoiy fandir. Uning tarmoqlarini shartli ravishda quyidagicha turkumlash mumkin (1.1-chizma).
Statistikaning bunday tarkibiy qismlarga bo`linishi o`rganiladigan ob`ektlar xarakteri bilan belgilanadi.
Statistika fani uchun umumiy xos bo`lgan xususiyatlarni statistikaning umumiy nazariyasi o`rganadi. Agar statistika tarixi shu fanning kelib chiqishi, shakllanishi, tashkil topishi, uning rivojlanish boskichlarini batafsil o`rgatsa, matematik statistika esa tarmoqlararo balanslarni tuzish, korrelyatsion-regression tahlil usullarini qo`llash, ko`p variantli bashorat (istiqbolli) larni tuzish yo`llarini o`rgatadi.
Umumiy nazariy statistika
|
Ijtimoiy statistika
|
Iqtisodiy statistika
|
Makroiqtisodiy statistika
|
Mikroiqtisodiy statistika
|
Statistika tarixi
Statistika nazariyasi
Matematik statistika
|
Aholi statistikasi
Jinoyat va sud statistikasi
Sog’liqni saqlash statistikasi
Mehnat statistikasi
Maorif statistikasi va hokazo.
|
Mintaqaviy (hududiy) statistika
Xalqaro statistika
Moliya statistikasi
Bozor iqtisodiyoti statistikasi va h.k.
|
Sanoat statistikasi
Qishloq xo`jaligi statistikasi
Savdo statistikasi
Qurilish statistikasi
Transport va aloqa statistikasi
Kommunal xo`jalik statistikasi
Kichik qo`shma korxona, fermer xo`jaligi statistikasi va h.k.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |