1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va uslubi. Reja


Download 44.87 Kb.
bet10/16
Sana02.01.2022
Hajmi44.87 Kb.
#185100
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1 Мавзу.-Статистика фанининг предмети ва услуби. docx

Iqtisodiy statistika ikkita yirik tarmroqqa bo`linadi. Birinchi tarmoqdagi fanlar (mintaqaviy statistika, xalqaro statistika, bozor iqtisodiyoti statistikasi va hokazo) xalq xo`jaligi miqyosida ro`y berayotgan hodisa va voqealarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog’lanishda olib o`rganadi. Ayrim tarmoqlar va korxonalar statistikasi (sanoat statistikasi, qishloq xo`jaligi statis­tikasi, savdo statistikasi va hokazo), nazariy va iqtisodiy statistika ko`rsatkichlariga asoslanib, xalq xo`jaligining ayrim tarmoq va sohalari xususiyatlarini hisobga oladigan ko`rsatkichlar tizimini aniqlaydi va ularni hisoblash hamda tahlil qilish usullarini bayon etadi.

Statistika eng avvalo iqtisodiy nazariya fani bilan bog’langan. U ushbu fandan iqtisodiy kategoriyalar – qiymat, ish haqi, tovar, mehnat unumdorligi, ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, foyda va shu kabilar haqidagi tushunchani hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bilib oladi, keyin esa aniq sharoitda ular qanday amal qilayotganini miqdor jihatdan belgilaydi. Bu bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: «…foyda me`yorini hosil qilishda amal qilayotgan munosabatni bilgag taqdirdagina statistika turli mamlakatlarda, turli davrlar uchun ish haqi darajasini haqiqiy tahlil qilishga qodir bo`la oladi». Bu xususda akademik S.G.Strumilinning «Iqtisodiyot nazariyasi» tugagan joydan statistika boshlanadi» degan so`zi ham juda o`rinlidir.

Statistika falsafa fani bilan ham chambarchas bog’langan. Falsafaning sifat, miqdor va o`lchov, mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, alohidalik va umumiylik kabi kategoriyalari hamda miqdorning sifatga o`tish, ziddiyatlar kurashi va birlik qonunlari ham statistika uchun katta ahamiyatga ega.


Download 44.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling