Buxgalteriya hisobi korxonaning moddiy va pul resurslari harakatini hisobga oladi. U korxona mulkini qo`riqlashdagi muhim quroldir. Buxgalteriya hisobining xususiyati shundaki, u boshlang’ich hujjatlarga asoslanib, korxonaning moddiy va moliyaviy resurslaridagi har bir o`zgarishni pulda hisoblab, ikki yoqlama yozuv yo`li bilan hisobda qayd qiladi. Buxgalteriya hisobi korxonaning xo`jalik faoliyati natijalarini aniqlash va xo`jalik hisobini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uning eng umumlashgan pirovard natijasi buxgalteriya balansidir.
Statistik hisob xalq xo`jaligi miqyosidagi hisob bo`lib, undagi sodirbo`ladigan hodisa va jarayonlarni umumlashtiradi va tegishli qonuniyatlarni aniqlaydi. U quyidagi tomonlari bilan yuqoridagi hisoblardan tubdan farq qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |