1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va uslubi. Reja


Statistika fanining predmeti va usuli


Download 44.87 Kb.
bet4/16
Sana02.01.2022
Hajmi44.87 Kb.
#185100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 Мавзу.-Статистика фанининг предмети ва услуби. docx

1.3. Statistika fanining predmeti va usuli.

Ommaviy-ijtimoiy hodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi:

Birinchidan, iqtisodiy hodisalar tushuniladi. eng avvalo bu erda moddiy ne`mat ishlab chiqarish ko`zda tutiladi. Statistika iqtisodiy hodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi – iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy bog’lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o`rganadi. Bu o`rinda u ishlab chiqarishni uning ikki tomoni – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib tekshiradi.

Ikkinchidan, madaniy va ta`lim-tarbiya sohasidagi hodisalar tushuniladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o`rganadi. Jumladan, u madaniy-ma`rifiy munosabatlarning, o`quv yurtlarining, maktab, bog’cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o`rganadi.

Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy hodisalar tushuniladi. Barcha bo`lib o`tgan va bo`layotgan qurultoylar, plenumlar, sessiyalar, saylovlar, ulardagi qatnashchilarning soni, ovozlarning taqsimlanishi (ish tashlash­lar, namoyishlar) kabilar ana shunday hodisalar turkumiga kiradi.

To`rtinchidan, tabiiy hodislar tushuniladi. Tabiiy ofatlar, ya`ni zilzila, suv toshqinlari, do`l yog’ishi, yong’in, portlash kabi hodisalar statistika fanining o`rganish ob`ekti hisoblanadi.

Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:




Download 44.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling