1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va uslubi. Reja


Statistik ko’rsatkichlar tizimi


Download 44.87 Kb.
bet7/16
Sana02.01.2022
Hajmi44.87 Kb.
#185100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1 Мавзу.-Статистика фанининг предмети ва услуби. docx

4. Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan
statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni
barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud,
tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda
korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari
deyiladi. Har qanday fan o`z ob`ektini ma`lum usullar yordamida o`rganadi. Barcha fanlar uchun umumiy usul – dialektik usuldir. CHunki bu usul ijtimoiy hodisalarni rivojlanish jarayonida, o`zaro bog’langan holda o`rganishni taqozo etadi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlarda sodir bo`ladigan barcha o`zgarishlarning tub sababi ularning o`zaro ta`sirida bo`lishidandir. Masalan, odam moddiy ishlab chiqarish orqali tabiat bilan bog’langan. Bu bog’lanishning shakli – insoniyatning yaxshi yashashi uchun zarur va shart bo`lgan mehnatdir. Mehnat jarayonida kishilarning iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topadi, shu munosabatlar asosida ularning boshqa aloqalari – siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, etnik aloqalari ham vujudga keladi. Demak, hodisalarni kuzatayotganda ulardagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas, balki shu hodisaga taalluqli barcha tomonlarni, aloqalarni birgalikda olib o`rganish zarur. Aloqalarni bilish juda katta ahamiyatga ega, odamlar bu aloqalarni bilib olib, ob`ektiv dunyoning qonunlarini kashf etadilar.

Statistika dialektikaning qonun-qoidalariga asoslanib o`zining xususiy usullarini yaratgan. Ular quyidagilardan iborat:



  • ommaviy statistik kuzatish;

  • kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;

  • turli umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o`rtacha iqdor, indeks, dinamik ko`rsatkichlar va hokazo) hisoblash;

  • statistik ma`lumotlarni jadval va grafiklar ko`rinishida tasvirlash.


Download 44.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling