Kasko - transport vositasining borti. Kasko sug‘urtasi transport vositasini nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi o‘z ichiga oladi.
Kaf - tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha yuklarni belgilangan portgacha (joygacha) etkazib berish sharti. Bunda tashilayotgan tovarning qiymatiga dengiz transportida tashish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ushbu shart bo‘yicha tovarlarni sug‘urta qilish tovar etkazib beruvchining (sotuvchi) majburiyatiga kirmaydi.
Kasbiy javobgarlik- chet el tajribasida vrachlarning, advokatlarning, auditorlarning, notariuslarning, buxgalter, arxitektor va boshqa kasb egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasini tasdiqlaydigan sug‘urta polisining atalishi. Ushbu kasb egalari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanganlarida, ularda sug‘urta polisining bo‘lishi majburiydir.
Kvota - 1) bir necha sug‘urta kompaniyasi tomonidan birgalikda tegishli ob’ekt sug‘urtalanayotganda, bitta sug‘urta kompaniyasiga to‘g‘ri keladigan hissa. Bunday xolatda har bir sug‘urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona sug‘urta polisida o‘z aksini topadi; 2) qayta sug‘urtalash kompaniyasini qayta sug‘urtalashda qatnashish hissasi.
Kvotali qayta sug‘urtalash - sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga sug‘urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi kompaniya proporsional ravishda ko‘rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi.
Kovernota - sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan va sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi xujjat. Ushbu xujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisini berishi shart. CHunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo‘lgan xujjat hisoblanmaydi.
Kombinatsiyali sug‘urta - bir necha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta qoplamasi sharti.
Do'stlaringiz bilan baham: |