1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet59/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Komissiya haqi - mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri, agent) to‘lanadigan haq.
Komissiya haqining miqdori sug‘urtaning turiga va kelib tushgan badalning xajmiga bog‘liq holda sug‘urta badaliga nisbatan foizlarda to‘lanadi.
Konosament - dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi xujjat. Konosament shartnoma mavjudligi faktini va yuk tashuvchini yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi xo‘jjat. Konosamentga imzo chekishi bilan yukni saqlash, uni tegishli manzilga etkazish mas’uliyati to‘laligiga yuk tashuvchi kema zimmasiga o‘tadi. Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga yuboriladi va ushbu xo‘jjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy egasi hisoblanadi.
Kumulyasiya- bir qancha yirik sug‘urta summali ob’ektlarning bitta sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rishi extimolligini nazarda tutuvchi sug‘urta risklarini yig‘indisi.
Keptiv sug‘urta kompaniyasi- ta’sischilarning manfaatlarini sug‘urta himoyasiga oladigan yoki yirik konsern, korporatsiyalar, yirik sanoatg‘moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug‘urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug‘urta kompaniyalarini keptiv sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lgan tarmoqqa kirishi murakkabroq hisoblanadi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan keptiv sug‘urta kompaniyalariga - «ALSKOM», «Universal sug‘urta» sug‘urta kompaniyalarini misol keltirish mumkin.
Lloyd- 1) Angliyadagi xalqaro sug‘urta bozori; Angliyadagi sug‘urtalovchilarning korporatsiyasi, taxminan 1734 yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning faoliyati Angliya parlamenti qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug‘urtani barcha turlarini amalga oshiradi. Lloyd a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo‘lib, sindikat faoliyati uchun anderrayterlar javob beradi. Anderrayterlar bilan sugurtalanuvchilarni sugurta vositachilari birlashtiradi. Sugurta vositachilari Lloyd bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar sugurta shartnomasi buyicha javob berish uchun yirik miqdordagi pul mablag‘larini korporatsiyaga depozit sifatida qo‘yadi.
Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘lig‘ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling