1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


«SUG‘URTA HUQUQI» KURSIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI


Download 1.66 Mb.
bet12/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

«SUG‘URTA HUQUQI» KURSIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI








O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng sug‘urta sohasida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy islohotlar tufayli tarmoqda raqobat asosida faoliyat ko‘rsatadigan turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari vujudga keldi. Bugungi kunda sug‘urta tashkilotlari bozor ifratuzilma-sining muhim bo‘g‘ini sifatida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun xizmat qilayapti.


Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda to‘laqonli sug‘urta bozorini barpo etish va uni barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun etarli darajada iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratildi. Sug‘urta sohasida mavjud bo‘lgan davlat monopoliyasiga barham berildi.
O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimiz rahbariyati va hukumati sug‘urta sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga va rivojlantirishga muntazam e’tibor berib kelayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori sug‘urta tizimini barqaror faoliyat ko‘rsatishi hamda sug‘urta xizmatlari bozorini taraqqiy etishi borasida yangi imkoniyatlar yaratdi. Mazkur Qarorga muvofiq, mamlakatda sug‘urta sohasining jadal rivojlanishini ta’minlash, aholining sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sug‘urta madaniyatini ko‘tarish maqsadida, mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha aholi va korxonalarning to‘lagan sug‘urta mukofotlari summasi ularning daromad solig‘i bazasiga kiritilmasligi shaklida soliq imtiyozi joriy etildi1. Davlatning bosh islohotchi sifatidagi roli sug‘urta sohasida ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini yuqorida qayd etilgan qaror yaqqol ko‘rsatmoqda. Zero, Prezident I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik2”.
“Sug‘urta huquqi” fani talabalarga mazkur sohaning nazariy va amaliy asoslarini puxta egallab olish imkoniyatini beradi. Ushbu fanda sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan atama va tushunchalar kabi dolzarb masalalar o‘z aksini topgan. Mazkur fan O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida Sug‘urta huquqi asoslarini bozor munosabatlari tamoyillari asosida o‘rganadi va bu holat fanning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
“Sug‘urta huquqi” fanining asosiy maqsadi O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish sharoitida sug‘urtaning ishini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishdan iborat.


1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. – “Xalq so’zi” gazetasi, 2007 yil 11 aprel.
2 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.- T.: O’zbekiston, 2009. – 7 bet.
Ushbu fan quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi: ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, statistika, moliya va boshqa shunga o‘xshash fanlar.
Talabalar o‘quv dasturida keltirilgan mavzularidan tegishli tartibda tanlab olib loyiha va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg‘ulotni olib boruvchi o‘qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi iktisodiyotida amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxatlar oliy ta’lim tizimi o‘kuv jarayonlari uchun xam yangi talablarni keltirib chikarmokda. SHunday talablardan biri o‘kuv jarayonida ilgor pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish xisoblanadi. Ta’lim jarayonida pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishdan asosiy maksad ta’lim oluvchida etarli darajada bilim, malaka va ko‘nikmalarni xosil kilish asosida tinglovchilarda erkin va mustakil fikr bayon kilish ko‘nikmalarini shakllantirish xisoblanadi. Ta’lim jarayonlariga zamonoviy pedagogik texnologiyalarni ko‘llashda ta’lim oluvchining shaxsini xurmat kilish, xar bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkoniyat yaratish, ijod bilan shugullanishi va o‘z-uzini rivojlantirishga kulay ijtimoiy va psixologik muxit yaratish orkali tinglovchini shaxs sifatida mustakil fikrlashga undaydi. o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 14-sessiyasida so‘zlagan nutkida: «Bizning oldimizda ozod fukora shaxsining ma’naviyatini, boshkacha aytganda, ozod xar tomonlama rivojlangan, o‘z xukuklarini yaxshi biladigan, kuchi va kobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi xodisalarga o‘zining mustakil fikri va munosabati mavjud, o‘z manfaatlarini Vatan va xalk manfaatlari bilan uygunlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi» deb ta’kidlagan edi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida xam o‘kuv jarayonida ilgor pedogogik texnologiyalardan keng foydalanish ko‘p marta takrorlab o‘tilgan. Bularning barchasi «Sugurta ishi» maxsus kursi bo‘yicha o‘kuv jarayonini texnologiyasini ishlab chikishga sabab bo‘ldi. Ushbu kurs bo‘yicha o‘kuv jarayonining texnologiyasini ishlab chikishdagi asosiy konseptual koidalari kuyidagilardan iborat:


SHaxsga yunaltirilgan ta’lim. Ta’lim jarayonida katnashuvchi barcha sub’ektlarning keng kamrovli rivojlanishini kuzda tutadi. Bu jarayonda tinglovchi o‘z ukuv faoliyatining sub’ekti sanaladi va pedagog bilan xamkorlikda yagona ta’lim jarayonini tashkil o‘ilishda o‘atnashadi xamda xar bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkon yaratiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tuliklilik, tizimli yondoshuv va o‘zaro bogliklikda kabi belgilarini kamrab olishi kerak.
Faoliyatli yondoshuv. Faoliyat shaxsni rivojlantirishdagi eng muxim va
xal o‘iluvchi vosita - asos xisoblanadi. SHu sababli ta’lim oluvchi shaxsning mustao‘il fikrlashi uchun zarur sifatlarni shakllantirishda uning faoliyatini intensivlashtirish va faollashtirish, o‘kuv jarayonida uning barcha imkoniyatlarini, sifatlarini namoyon etishiga, karama-karshi yoki monand fikr aytishiga sharoit yaratish lozim.
Dialog yondoshuv. Ta’lim jarayonining o‘kuvchi va o‘kituvchi o‘rtasidagi mulokat shaklida tashkil kilinishini va ularning o‘zaro xamkorligi, psixologik yakdilik muxitini yaratishni takoza kiladi. Dialogik yondoshuv asosida tashkil kilingan darsda ko‘rilayotgan masalaning moxiyatiga etib borish, tushunish, anglash va kerak bo‘lsa yangi fikrlar bilan to‘ldirish imkoniyati yuzaga keladi.
Xamkorlikdagi ta’limni tashkil kilish. O‘kituvchi va o‘kuvchi munosabatlarini demokratlashtirish, tenglik, o‘zaro xurmat, xamkorlik, o‘zaro yordamga asoslangan xolda, faoliyat mazmunini, maksadini va erishilgan natijalarni xamkorlikda baxolaydi. Asosiy tamoillari: guruxga umumiy topshirik, umumiy ragbatlantirish, o‘zining va guruxning boshka a’zolarining natijalariga mas’uliyat, faoliyat xamkorligi va natijaga erishish uchun teng imkoniyat yaratish.
Muammoli ta’lim. Muammoli darsning asosiy maksadi baxs va munozara asosida ishtirokchilarning yangi, mustakil fikrlarga kelishi, ularning turli vaziyatlarni ilmiy va amaliy taxlil etish orkali o‘z fikrlarini aytib berishga urgatish bo‘lganligi sababli, tinglovchi shaxsida erkin, mustakil fikrlashni shakllantirish vositasi xisoblanadi. Muammoli dars mantikiy fikrlashni, ilmiy mushoxoda kilishini, echimlarni amaliy faoliyatga ijodiy ko‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantiradi va shakllantiradi.
YAngi vosita va usullarni kullash. Ta’lim jarayonida kompyuter va informatsion texnologiyalarni joriy etish orkali ma’lumotlarni ko‘rgazmali shaklda etkazib beradi.
Berilgan konseptual koidalarga xamda «Sug‘urta ishi» maxsus kursining maksadi, vazifalari, xajmi va mazmuniga asoslangan xolda ta’lim usuli va texnikasi; tashkil kilish shakli; vositasi; kommunikatsiya usullari; berilgan ma’lumotlarni nazorat kilish usul va vositalari; baxolash va nazorat kilish tartiblari aniklandi.
Ta’lim usuli va texnikasi. Baxs-munozara, muammoli usul, «Akliy xujum» usuli, Insert, T-sxema, Diagramma-Venna, Keys-stadi, ma’ruza (kurgazmali, tematik, muammoli, informatsion).
Ta’limni tashkil kilish shakli. Jamoa va guruxlar bo‘yicha, dialog va polilogga asoslangan, o‘zaro suxbat, xamkorlikda va bir-birini o‘kitish.
Ta’lim vositasi. Darslik, ma’ruza matni, masalalar tuplami, kodoskop, grafikli chizmalar, kompyuterli va informatsion texnologiyalar.
Kommunikatsiya usullari. Bevosita o‘kituvchi va o‘kuvchi o‘rtasidagi tezkor teskari (karama-karshi) alokaga asoslanadi.
Berilgan ma’lumotlarni nazorat kilish usul va vositalari. Kuzatish, blits- surov, joriy, oralik va yakuniy nazorat natijalarini taxlil kilish asosida tashxis kilish.
Boshkarish vosita va usullari. O‘kuv mashgulotlari texnologik karta shaklida rejalashtirilgan, unda o‘kuv jarayonining asosiy boskichlari, kuriladigan masalalari va ularni nazorat kilish (joriy, oralik va yakuniy) tartiblari anik ko‘rsatilgan.
Baxolash va nazorat kilish. xar bir o‘kuv mashguloti jarayonidagi o‘kish natijalarini (o‘kuv topshiriklarni bajarishi va testlarni baxolash, xar bir o‘kuv mashgulotdagi tinglovchining o‘kuv faoliyati reytingini baxolash) xamda butun maxsus kurs davomidagi (xar bir tinglovchining joriy, oralik va yakuniy natijalarini reyting tizimi orkali baxolash) natijalarni baxolash.











    1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi





Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling