Ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlarni o‘tish texnologiyasi
|
|
Mavzu1. Sug’urta huquqining mohiyati va huquqiy atamalar va tushunchalar
|
|
1.1. Kirish informatsion ma’ruzasi
|
|
1.2. Amaliy mashgulot «Jamoa bo‘lib ishlash» usulida
|
|
Mavzu 2. Sug’urta faoliyatini yuritishning tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni davlat ro’yxatidan o’tkazish
|
|
2.1. «Informatsion – tematik» ma’ruza
|
|
2.2. «Jamoa bo‘lib ishlash», ma’ruza (T-sxema, blits-so‘rov) va
amaliy mashgulot «Jamoa bo‘lib ishlash», «Takdimot» usulida
|
|
Mavzu 3. Davlat sug’urta nazorati, uning huquqlari va majburiyatlari
|
|
3.1. Informatsion ko‘rgazmali ma’ruza, «Akliy xujum», kategorial
jadval, «Klaster», diskussiya usulida
|
|
3.2. «Muammoli» ma’ruza va amaliy mashgulot «Bir-biridan
o‘rganish», «Delfi» texnikasini ko‘llash usulida
|
|
Mavzu 4. Sug’urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi
|
|
4.1. «Informatsion ko‘rgazmali», «Insert» usulida ma’ruza
|
|
4.2. «Informatsion ko‘rgazmali» ma’ruza va amaliy mashgulot
«Takdimot» usulida
|
|
Mavzu 5. Majburiy va ixtiyoriy sug’urtalashning huquqiy asoslari
|
|
5.1. Akliy xujum», «To‘gridan to‘gri jamoa bo‘lib ishlash» ma’ruza «
|
|
5.2. «Informatsion vizual ko‘rgazmali» ma’ruza va amaliy mashgulot,
«Stol atrofida» usulida
|
|
Mavzu 6. Qayta sug’urtalash kompaniyalari va sug’urta brokerlarining faoliyatini huquqiy tartibga colish
|
|
6.1 «Muammoli» ma’ruza va amaliy mashgulot
|
|
6.2 Amaliy mashgulot, «Stol atrofida» usulida
|
|
KIRISH
Moliya-kredit tizimi va uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan sug‘urta milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
“Sug‘urta huquqi” fani talabalarga mazkur sohaning nazariy va amaliy asoslarini puxta egallab olish imkoniyatini beradi. Ushbu fanda sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan atama va tushunchalar kabi dolzarb masalalar o‘z aksini topgan. “Sug‘urta huquqi” fanining asosiy maqsadi O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish sharoitida sug‘urta ishini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishdan iborat. “Sug‘urta huquqi” fani talabalarga mazkur sohaning asosiy yo‘nalishlarini puxta egallab olish imkoniyatini beradi. Ushbu fanda sug‘urta faoliyatining asosiy turlari, xususan, hayot sug‘urtasi, tibbiy sug‘urta, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urtasi, moliyaviy risklarning sug‘urtasi, sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning moliyaviy asoslari kabi dolzarb mavzular o‘z aksini topgan. Mazkur fan O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida sug‘urta ishining amaliy asoslarini bozor munosabatlari tamoyillari asosida o‘rganadi va bu fanning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Fanning vazifasi talabalarga quyidagilarni o‘rgatishdan iborat: sug‘urta va uning iqtisodiyotni barqaror rivojlanishidagi ahamiyati; sug‘urta faoliyati klassifikatori va unga oid sug‘urta klasslari; hayot sug‘urtasi; baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug‘urta qilish; tibbiy sug‘urta; harbiy xizmatchilarni majburiy davlat sug‘urtasi; avtotransport sug‘urtasi; yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi; havo transporti sug‘urtasi; yuklarni sug‘urtasi; jismoniy shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi; qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi kabi mavzular bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.
Ushbu fan quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi: ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, statistika, iqtisodiy nazariya, moliya va boshqa shunga o‘xshash fanlar.
Ushbu fanda ma’ruza va amaliy (seminar) mashg‘ulotlarida muammoli ta’lim texnologiyalari “Bumerang” va “Veer” texnologiyalari, klaster usullari kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. SHuningdek, har bir mavzuda kompyuterdan, slaydlardan foydalanish, eshitish (audio) vositalari, ko‘rish (video) vositalari, ko‘rish-eshitish (audio-video) vositalari, multimediya vositalari ham Internet sahifalari va xizmatlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |