1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet56/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Brutto-mukofot - sug‘urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish xarajatlarini hisobga olgan xoldagi sug‘urta mukofotlari summasi.
Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. CHet el tajribasida bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni junatish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.
Birgalikda sug‘urta qilish - bitta sug‘urta shartnomasi doirasida riskni ikki yoki undan ortiq sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida taqsimlanishi. Ushbu shartnomada har bir sug‘urtalovchining xuquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi. Birgalikda sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchiga qo‘shma polis yoki har bir sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan risk hissasiga muvofiq alohida polis beriladi.
Brutto - stavka - sug‘urta qoplamasini (sug‘urta summasini) to‘lashga mo‘ljallangan nettog‘stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo‘ljallangan nettog‘stavkaga yuklama summalarini o‘z ichiga olgan sug‘urta mukofotlarining tarif stavkasini bildiradi. Ko‘pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug‘urta tarifi ma’nosida ham ishlatiladi.
Denonsatsiya - shartnomadan voz kechish. Agar sug‘urta munosabatlarida tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to‘g‘risida ikkinchi tomonga ma’lum qilmasa, shartnoma unda ko‘rsatilgan muddatgacha kuchda bo‘ladi.
Depozit - 1) sug‘urta kompaniyasining bank muassasasida saqlanadigan pul mablag‘i yoki qimmatli qog‘ozlari. Bank, odatda, sug‘urta kompaniyasiga o‘z pulini bankda saqlagani uchun foiz to‘laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq, chet mamlakat sug‘urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda sug‘urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lsa, dastlab u o‘sha mamlakat bank muassasasiga tegishli pul mablag‘ini depozitga qo‘yadi. Mazkur depozit, chet davlat sug‘urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling