1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet57/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Diversifikatsiya - yirik sug‘urta kompaniyalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanishi. Masalan, sug‘urta vositachiligi, qimmatli qog‘ozlarning oldig‘sotdisi, ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanish va xokazo.
Depozitlarni sug‘urta qilish - banklar bankrot deb e’lon qilinganda yoki to‘lov qobiliyati yo‘qolganda, omonatchilarning bankdagi pul mablag‘larini ularga qaytarilishini sug‘urtalash. Bunda banklar sug‘urtalanuvchilar hisoblanadi. Sug‘urtani maxsus sug‘urta tashkilotlari amalga oshiradi. Depozitlarni sug‘urtalash chet mamlakatlarda keng tarqalgan. Masalan, AQSHda depozit sug‘urtasini depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasi amalga oshiradi. AQSHda har bir omonatchiga to‘g‘ri keladigan 100 ming AQSH dollari miqdoridagi depozitni banklar majburiy sug‘urtalaydi.
Dispasher - dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisobg‘kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani tuzganlik uchun xaqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi.
Evropolis - evropa iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Zahira fondi - joriy yilda kelib tushgan sug‘urta mukofotlari hisobidan sug‘urta qoplamasini to‘lash imkoniyati bo‘lmaganda, ushbu sug‘urta qoplamasini to‘lash uchun foydalaniladigan pul mablag‘lari fondi. Ma’lumki, sug‘urta xodisalari tufayli ko‘rilgan yo‘qotishlar va zararlar miqdori har yili har-xil bo‘ladi. Ayrim yillari sug‘urta xodisalari kam, boshqa yili esa ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Agar sug‘urta xodisalari soni ko‘p bo‘lib, ko‘rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib tushgan sug‘urta mukofotlaridan bir necha marta ko‘p bo‘lsa, ularning farqi zahira fondi hisobidan qoplanadi.
Kargo - transport vositasida tashiladigan va sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan yukning nomlanishi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling