1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet85/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Komissiya haqi - mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri, agent) to‘lanadigan haq. Komissiya haqining miqdori sug‘urtaning turiga va kelib tushgan badalning xajmiga bog‘liq holda sug‘urta badaliga nisbatan foizlarda to‘lanadi.
Netto-stavka- bruttog‘stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Nettog‘stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u bruttog‘stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug‘urtalash- 1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat xududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora kayta sug‘urtalash orqali chet elga valyutani chiqib ketishini oldini oladi; 2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Majburiy sug‘urta- sug‘urta munosabatlarining qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu xujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin.
Oferta- asosiy shartlar ko‘rsatilgan holda sug‘urta shartnomasini tuzish taklifi. Sug‘urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga yo‘llashi mumkin.
Offshor sug‘urta kompaniyasi- maxsus maqomga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi. Offshor sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lash stavkalari eng kam bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug‘urta operatsiyalari
sug‘urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya- o‘zaro kelishgan holda sug‘urta shartnomasini amal qilish muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko‘rinishda tasdiqlanishi mumkin.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling