1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Anderayting - 1) sug’urtalash maqsadida riskni baholash; 2) sug’urta  shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish; 3) sug’urta.  Annuitet


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Anderayting - 1) sug’urtalash maqsadida riskni baholash; 2) sug’urta 
shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish; 3) sug’urta. 
Annuitet - 1) renta va nafaqalarni sug’urtalashning hamma turlarini 
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga bir 
vaqtning o’zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug’urta mukofotlarini 
to’laydi. Keyin sug’urtalanuvchi butun hayoti davomida sug’urta kompaniyasidan 
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik 
daromadini sug’urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Frantsiyada va AQShda 
keng rivojlangan.


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
284 
Audit - sug’urta kompaniyasining moliyaviy hisoboti to’g’riligini yozma 
ravishda tasdiqlash va tekshirish. Audit ishini maxsus malakaga ega bo’lgan 
auditorlar amalga oshiradi. Auditorlik firmasi bilan sug’urta kompaniyasi o’rtasida 
shartnoma tuziladi. O’zbekiston Respublikasida audit ishini Moliya vazirligining 
litsenziyasiga ega bo’lgan shaxslar amalga oshirishi mumkin. Sug’urta 
kompaniyasining balansi auditorlar tomonidan tekshirilgandan so’ng matbuotda 
e’lon qilinadi. 
Bonus - sug’urta kompaniyasi o’zi uchun qulay shartlarda sug’urta 
shartnomasini tuzganligi uchun sug’urtalanuvchiga, u to’laydigan sug’urta 
mukofoti miqdoridan chegirmalar belgilaydi. 
Brutto-mukofot - sug’urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish xarajatlarini 
hisobga olgan xoldagi sug’urta mukofotlari summasi.
Bosh polis- sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi yozma 
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug’urtalanuvchi barcha 
ob’ektlarni sug’urta kompaniyasiga sug’urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida 
bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis 
asosida sug’urtalash tashqi savdo yuklari sug’urtasida keng tarqalgan. 
Sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga har bir jo’natilgan yuk haqidagi 
ma’lumotlar (yukning vazni, sug’urta summasi, yukni junatish va qabul qilib olish 
punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda 
sug’urtalangan hisoblanadi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling