1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Depozitlarni sug’urta qilish - banklar bankrot deb e’lon qilinganda yoki 
to’lov qobiliyati yo’qolganda, omonatchilarning bankdagi pul mablag’larini ularga 
qaytarilishini sug’urtalash. Bunda banklar sug’urtalanuvchilar hisoblanadi. 
Sug’urtani maxsus sug’urta tashkilotlari amalga oshiradi. Depozitlarni sug’urtalash 
chet mamlakatlarda keng tarqalgan. Masalan, AQShda depozit sug’urtasini 
depozitlarni sug’urtalash federal korporatsiyasi amalga oshiradi. AQShda har bir 
omonatchiga to’g’ri keladigan 100 ming AQSh dollari miqdoridagi depozitni 
banklar majburiy sug’urtalaydi. 
Dispasher - dengiz transportida umumiy avariya sodir bo’lganda ko’rilgan 
zararni kema, yuk va fraxt o’rtasida taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblarni tuzadigan 
mutaxassis. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
dispasher 
funktsiyasini 
maxsus 
kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar dispasha 
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun xaqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, 
yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to’laydi. 
Evropolis - evropa iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida sug’urta 
shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug’urta polisi. 
Zahira fondi - joriy yilda kelib tushgan sug’urta mukofotlari hisobidan 
sug’urta qoplamasini to’lash imkoniyati bo’lmaganda, ushbu sug’urta qoplamasini 
to’lash uchun foydalaniladigan pul mablag’lari fondi. Ma’lumki, sug’urta 
xodisalari tufayli ko’rilgan yo’qotishlar va zararlar miqdori har yili har-xil bo’ladi. 
Ayrim yillari sug’urta xodisalari kam, boshqa yili esa ko’proq bo’lishi mumkin. 
Agar sug’urta xodisalari soni ko’p bo’lib, ko’rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib 
tushgan sug’urta mukofotlaridan bir necha marta ko’p bo’lsa, ularning farqi zahira 
fondi hisobidan qoplanadi. 
Kargo - transport vositasida tashiladigan va sug’urtalanishi mumkin bo’lgan 
yukning nomlanishi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling