1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Sug’urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash.  Siyosiy risk


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

4.
Sug’urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash. 
Siyosiy risk- davlat organlarining hatti-xarakati yoxud uyushgan shaxslar 
guruhining siyosiy talab bo’yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. 
Siyosiy riskga urush xarakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o’zgarishi, 
qonun xujjatlaridagi o’zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish 
tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro’y bergan vaqtda 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
291 
sug’urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo’ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, 
davlatga qarashli maxsus sug’urta kompaniyalari tomonidan sug’urtalanishi 
mumkin. 
Sug’urta portfeli -sug’urta kompaniyasiga kelib tushgan sug’urta 
mukofotlarining 
yig’indisi. 
Sug’urtalangan 
ob’ektlar 
soni, 
sug’urta 
shartnomalarining miqdori ham sug’urta portfeli tushunchasini anglatadi. Chet 
mamlakatlar sug’urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug’urta 
mukofotining hajmi tushunchasiga to’g’ri keladi. 
Sug’urta dalolatnomasi - sug’urta xodisasi ro’y berganda sug’urta 
kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada mol-mulkning 
zararlanish yoxud nobud bo’lish sabablari, ko’rilgan zarar miqdori va boshqa 
ko’rsatkichlar bo’ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug’urta hodisasi va mol-
mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong’inga qarshi 
kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo’jaligi, veterinariya xizmati va 
boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug’urta munosabatlarida sug’urta 
dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi. 
Sug’urta mukofoti- sug’urta mukofotining miqdori sug’urta summasiga 
nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug’urta mukofotining miqdori aniq summalarda 
ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar 
keltirish fuqarolik javobgarligini sug’urtasida sug’urta mukofoti aniq pul birligida 
ko’rsatiladi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling