“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
293
Sug’urta yig’imi - Jismoniy shaxsning yo’lovchilarning majburiy sug’urta
bo’yicha bir marta to’lanadigan sug’urta mukofoti. Odatda, sug’urta yig’imi yo’l
haqi tarkibida bo’ladi va chiptada sug’urta yig’imi «kiritilgan» degan so’z bo’ladi.
Slip - riskni xarakterlovchi xujjat. Slip sug’urta brokeri tomonidan tuziladi va
anderrayterga beriladi. Slipda sug’urta kompaniyasining riskni sug’urtalashdagi
hissasi ko’rsatiladi. Angliyada slip sug’urta polisiga tenglashtiriladi.
Ayrim
holatlarda slip sug’urta qoplamasini to’lashda asosiy xujjat hisoblanadi.
Sug’urta kompaniyasi- sug’urta shartnomasini
tuzish va unga xizmat
qilishni amalga oshiruvchi, sug’urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda bo’luvchi
yuridik shaxs. U o’z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil xo’jalik
sub’ektidir.
Tegishli
iqtisodiy
muhitda
faoliyat
yurituvchi
sug’urta
kompaniyalarining yig’indisi sug’urta tuzimini tashkil etadi. Sug’urta
kompaniyalari bajaradigan sug’urta operatsiyalariga ko’ra, ular universal va
ixtisoslashgan bo’ladi. Ustav kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug’urta
mukofotlari
hajmiga muvofiq, sug’urta kompaniyalarini yirik, o’rta
va kichik
guruxlarga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: