Sug’urtaviy tibbiyot- turli kasalliklardan majburiy sug’urtani nazarda
tutuvchi sog’liqni saqlash ishini tashkil etish shakli. Sug’urtaviy tibbiyot bo’yicha
sug’urta fondi ishchi-xodimlarning ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan,
davlat dotatsiyasi hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi
hisobidan shakllanadi. Sug’urtaviy tibbiyot bo’yicha sug’urtalangan kontingentga
tibbiy sug’urta polisi beriladi. Sug’urtalanuvchiga tibbiy sug’urta polisi bo’lgan
taqdirda tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Bunda tibbiy sug’urta kompaniyasi, bir
tomondan sug’urtalanuvchilar bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan
shartnoma tuzadi.
Sug’urta bahosi - sug’urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning
qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati va boshqa
qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug’urta bahosini to’g’ri hisoblash
uchun malakali ekspertlar jalb etiladi. Sug’urta bahosi to’g’risidagi haqiqiy
ma’lumot ta’rif stavkasi va sug’urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim
ahamiyatga ega. Amaldagi qonunchilikka binoan, sug’urta summasi mol-mulkning
sug’urta bahosidan oshib ketmasligi zarur.
Sug’urta tizimi - 1) turli xil sug’urta kompaniyalari va ularni sug’urta
nazorati bilan aloqadorligini yig’indisi: 2) sug’urta huquqiy munosabatlarni tashkil
etishning davlat - huquqiy shakli.
Sug’urta summasi - sug’urta manfaati va sug’urta riskiga mos keluvchi pul
mablag’i. Xalqaro amaliyotda sug’urta summasi sug’urta qoplamasi deyiladi.
Sug’urta summasiga nisbatan sug’urta mukofoti aniqlanadi va sug’urta qoplamasi
to’lanadi. Sug’urta summasi iborasi, ko’proq, shaxsiy sug’urtada - fuqarolarning
hayoti, sog’lig’ini sug’urtalashda ishlatiladi.
Sug’urta maydoni - sug’urtaga tortilishi zarur bo’lgan ob’ektlarning eng
katta soni. Ayrim ekspertlar xulosasiga ko’ra, O’zbekistonda sug’urta maydoni
Do'stlaringiz bilan baham: |