Sug’urta shartnomasi - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo’lib,
bunda sug’urta kompaniyasi sug’urta hodisasi tufayli zarar ko’rilganda
sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasini to’lash
majburiyatini, sug’urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug’urta mukofotini
to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash
uchun sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi beradi. Sug’urta
shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo’shimcha shartlar sug’urta
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Sug’urta - har xil noxush xodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilgan zararni
qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug’urta xodisalari ro’y berganda
ularga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan
foydalanish bilan bog’liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
O’tkazish shartiga qarab, sug’urta majburiy va ixtiyoriy bo’ladi. Ob’ektiga ko’ra,
mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug’urtasiga bo’linadi. Sug’urtaning asosini risk
tashkil etadi. Sug’urta - bu riskni taqsimlash usulidir.
Sug’urtalanuvchi - qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida
sug’urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs. Sug’urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug’urta
shartnomasini tuzishga xaqli. Sug’urtalanuvchi sug’urta mukofotini o’z vaqtida
to’lashi shart. Sug’urta shartnomasini tuzish jarayonida sug’urtalanuvchi sug’urta
ob’ektiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni sug’urta kompaniyasiga ma’lum
qilishi shart.
Sug’urta qoplamasi - mulkiy sug’urtada va sug’urtalanuvchining uchinchi
shaxs oldida fuqarolik javobgarligini sug’urtasida zararni qoplash uchun sug’urta
fondidan to’lanadigan pul mablag’i. Sug’urta qoplamasi sug’urta summasiga teng
yoki undan kam bo’lishi mumkin. Sug’urta hodisasi ro’y berganlik xolati va shakli
bo’yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug’urta kompaniyasi
tomonidan sug’urta qoplamasi to’lanishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |