1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Sug’urtaviy foyda- sug’urta xizmatining bahosi va tannarxi o’rtasidagi farq. 
Sug’urtaviy foyda sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. 
Sug’urtaviy foyda balans uslubi asosida sug’urta mukofotlari tushumi va sug’urta 
operatsiyalari tannarxini o’zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug’urta 
operatsiyalarining tannarxi bu, sug’urta kompaniyasining sug’urta himoyasini 
ta’minlashga qaratilgan to’g’ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar) 
xarajatlarning yig’indisidir. Odatda, sug’urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga 
yuklamada foyda ulushi ham ko’rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko’ra, haqiqatdagi 
sug’urtaviy foyda o’z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug’urta summasi 
zararlik ko’rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini 
iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda va sug’urta 
tarifida belgilangan foyda. 
Sug’urta 
puli- sug’urta majburiyatini bajarish hamda sug’urta 
operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs 
maqomiga ega bo’lmasdan o’zaro kelishgan holda bir qancha sug’urta 
kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug’urta puli, asosan, xavfli, yirik 
ob’ektlarni sug’urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o’z 
sug’urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig’ilgan sug’urta 
mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug’urta mukofotlari hajmida sug’urta 
koplamasini to’lash bo’yicha javobgarlikni o’z zimmalariga oladi. Xorijiy 
mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug’urtalash uchun sug’urta puli 
tashkil etilgan. 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
292 
Sug’urta ob’ekti - shaxsiy sug’urtada fuqarolarning hayoti, sog’ligi, mehnat 
qobiliyati: mulkiy sug’urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy 
mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan bog’liq 
manfaatlar; jismoniy yoki yuridik shaxsning o’z hatti-harakati bilan uning shaxsga 
zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug’urtalashda sug’urta 
ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug’urta ob’ekti sug’urta 
kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling