“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
294
hali to’la o’zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30 foizigina sug’urtaga
tortilgan.
Sug’urta summasining zararliligi - sug’urta summasi va sug’urta
koplamasi to’lovi o’rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko’rsatkich. Bu
ko’rsatkich zarar miqdori ehtimolligini ko’rsatadi va undan riskni o’zgarishi
ustidan nazorat o’rnatishda foydalaniladi. Sug’urta summasining zararlilik
ko’rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug’urtalangan ob’ektlar
soni va ularning sug’urta summasi, sug’urta xodisalarining soni, zarar ko’rgan
ob’ektlar soni va sug’urta qoplamasi. Sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi
netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug’urta turi yoki javobgarlik turi bo’yicha
aniqlanadi. Agar zararlilik ko’rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan
oshib ketsa, bu holda sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi yuqori darajada
ekanliligidan dalolat beradi.
Sug’urta huquqi- sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar va ular o’rtasidagi
vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig’indisi. Sug’urta xuquqi qonun va
qonun xujjatlarida o’z aksini topadi. Sug’urta huquqi moliyaviy huquqning bir
qismi hisoblanadi.
Sug’urta hodisasi - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ko’rib bo’lmaydigan
voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelgan zarar
sug’urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy
sug’urtada sug’urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong’in, avariya,
portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug’urtada esa sug’urta
hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning xayotida
baxtsiz hodisalarning ro’y berishi yoki o’limi kiradi. Xalqaro amaliyotda sug’urta
hodisasi ba’zan «fors-major» deb yuritiladi.
Sug’urta hodisalari chastotasi - inshootlarni yonish darajasini, transport
vositalarini avariya bo’lish darajasini, aholi nogironligi darajasi va shunga
o’xshash darajalarni ifodalovchi ko’rsatkich. Sug’urta hodisalari sonini sug’urta
qoplamalari miqdoriga yoki sug’urtalangan ob’ektlar miqdoriga nisbati sug’urta
hodisalari chastotasini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |