“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
296
XIII
Umumiy javobgarlikni
sug’urtasi
Syurveyer - sug’urtaga tortiladigan mol-mulkni ko’rikdan o’tkazuvchi
sug’urta kompaniyasining xodimi. Sug’urta kompaniyasi syurveyerning xulosasi
asosida sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Chet el
amaliyotida yong’in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar,
mehnat
muhofazasi bo’yicha tashkilotlar syurveyer funktsiyasini bajaradi.
Tarif stavkasi - sug’urta
riskini baxosi; sug’urta summasiga nisbatan
foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (brutto-stavka) ikki qismdan
iborat:
netto-stavka
va
netto-stavkaga
yuklama.
Netto-stavka
sug’urta
kompaniyasining sug’urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi.
Netto-
stavkaga yuklama sug’urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini,
komissiya
haqini va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiy sug’urta buyicha tarif
stavkasi mol-mulk sug’urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi.
Hayot
sug’urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va daromad normasiga muvofiq
hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: