1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
287 
qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug’urtani barcha 
turlarini amalga oshiradi. Lloyd a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo’lib, sindikat 
faoliyati 
uchun 
anderrayterlar 
javob 
beradi. 
Anderrayterlar 
bilan 
sugurtalanuvchilarni sugurta vositachilari birlashtiradi. Sugurta vositachilari Lloyd 
bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar sugurta shartnomasi buyicha javob 
berish uchun yirik miqdordagi pul mablag’larini korporatsiyaga depozit sifatida 
qo’yadi. 
Tibbiy sug’urta- aholi sog’lig’ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug’urta 
hodisasi ro’y berishi munosabati bilan, sug’urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat 
ko’rsatilishi. Tibbiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarni sug’urta 
kompaniyasi to’laydi. Tibbiy sug’urta majburiy yoki ixtiyoriy bo’ladi.
Mulkiy sug’urta - turli ko’rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog’liq 
manfaatlar sug’urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug’urtaning mustaqil 
tarmog’i. Sug’urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog’ida joylashgan mol-
mulklar sug’urtalanishi mumkin. Sug’urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning 
sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo’lgan jismoniy va 
yuridik shaxslar ham bo’lishi mumkin. 
Netto-stavka- brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug’urta 
qoplamasini to’lashga mo’ljallangan pul mablag’lari resurslari bo’lib, u brutto-
stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etadi. 
Obligatorli qayta sug’urtalash- 1) qayta sug’urtalashning majburiy shakli. 
Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko’ra, ushbu mamlakat xududida faoliyat 
ko’rsatayotgan barcha sug’urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini 
majburiy ravishda qayta sug’urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora kayta 
sug’urtalash orqali chet elga valyutani chiqib ketishini oldini oladi; 2) sug’urta 
kompaniyasi (tsedent) ma’lum bir sug’urta turi bo’yicha riskni qayta 
sug’urtalovchiga berishini va o’z navbatida, qayta sug’urtalovchi, riskni qabul 
qilishni nazarda tutuvchi qayta sug’urtalash shartnomasi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling