1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) keyingi yillarda sug‘urtaning mazkur 
turi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun 
mo‘ljallangan.
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi (OCHZ) baxtsiz hodisalarni
sug‘urta qilingan mulkni yo‘qotish yoki shikastlanishini ogohlantirish chora-
tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lishini 
ogohlantirish 
va 
oldini 
olishga 
yo‘naltirilgan 
boshqa 
chora-tadbirlarni 
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. 
OCHZdan moliyalashtiriladigan ogohlantirish chora-tadbirlarining aniq 
ro‘yxati, shuningdek OCHZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi 
sug‘urtalovchi tomonidan ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi to‘g‘risidagi 
nizomda belgilanadi.
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi to‘g‘risidagi nizom sug‘urtalovchi 
tomonidan tasdiqlanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishilishi lozim. 
OCHZ sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisobot davrida hisoblangan sug‘urta 
brutto-mukofotlaridan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi. 
Falokatlar zaxirasi (FZ), ko‘p sonli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta 
to‘lovlarini amalga oshirish zaruratini keltirib chiqargan engib bo‘lmas kuch yoki 
yirik miqyosdagi avariya oqibati hisoblangan, favqulodda etkazilgan ziyonni 
qoplashga mo‘ljallangan. FZ shartlarida engib bo‘lmas kuch yoki yirik miqyosdagi 
avariya oqibatida etkazilgan ziyonni qoplash munosabati bilan sug‘urtalovchining 
sug‘urta to‘lovini amalga oshirishi majburiyatini ko‘zda tutuvchi sug‘urta turlari 
bo‘yicha shakllantiriladi. 
Falokatlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlari 
sug‘urtalovchi tomonidan belgilanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishiladi. 
Zararlilikning tebranishi zaxirasi (ZTZ), sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta 
tarifining netto-stavkasini hisoblash uchun asos bo‘lgan kutilayotgan zararlilik 
darajasidan hisobot davridagi zararlilik darajasi yuqori bo‘lgan holatda, 
sug‘urtalovchining 
sug‘urta 
to‘lovlarini 
amalga 
oshirish 
xarajatlarini 
kompensatsiya qilishga mo‘ljallangan.
Zararlilikning tebranishi zaxirasining miqdori yalpi hisoblangan sug‘urta 
mukofotining 10 foizidan oshmasligi lozim. 
ZTZni shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlari sug‘urtalovchi 
tomonidan belgilanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishiladi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling