1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Risklarni tanlash - sug’urta shartnomasini tuzish bo’yicha mijozlardan kelib 
tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug’urta kompaniyasining faoliyati. 
Sug’urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug’urta portfelini shakllanishida 
risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug’urta amaliyotida 
risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash - bu risk 
menejment sohasida olib boriladigan chora - tadbirlarning bir qismidir. 
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni 
natura va qiymat ko’rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli 
risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, 
shaxsiy sug’urta shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. 
Sug’urta shartnomasi tuzilgan momentdan, sug’urtalanuvchining o’limiga yoki 
nogiron bo’lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida 
mijoz qo’shimcha ravishda dastlabki tibbiy tekshiruvdan o’tkazilishi mumkin. 
Sug’urta kompaniyalarida riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U 
sug’urta ob’ekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil 
natijalariga muvofiq sug’urtalanuvchi bilan sug’urtaviy huquqiy munosabatlarga 
kirishishini maqsadga muvofiqligi to’g’risida sug’urta kompaniyasiga yozma 
xulosa beradi. 
Sug’urta mukofotlari zahirasi- hayotni va nafaqani uzoq muddatli 
sug’urtalash bo’yicha to’lovlarni oldindan to’lash uchun sug’urta kompaniyasida 
tashkil etiladigan fond. Bu fond sug’urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini 
ta’minlashda hamda sug’urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim 
o’rin tutadi. Hayot sug’urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga tuziladi. 
Sug’urta mukoftlarini kelib tushish va sug’urta summasini to’lash vaqtlari o’zaro 



Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling