1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Sug’urtalovchilar uyushmasi - sug’urta faoliyatini muvofiqlashtirish, 
uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
oldida himoya etish hamda mahalliy sug’urta kompaniyalari va xorijiy sug’urta 
kompaniyalari o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish maqsadida tashkil 
etiladigan sug’urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o’zaro sug’urtalash 
jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug’urtalovchi kompaniyalar 
ittifoqini, Buyuk Britaniya sug’urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin. 
Hozirgi paytda O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. 
Faqat, avtosug’urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko’rsatmoqda. 
Sug’urta qoplamasi limiti - sug’urta kompaniyasining filiali, bo’limi, shu’ba 
korxonasi tomonidan bitta sug’urta hodisasi bo’yicha mustaqil to’lanadigan 
sug’urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug’urta kompaniyasi 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
295 
boshqaruvi joylardagi sug’urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning 
malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi. 
Sug’urtalovchining javobgarlik limiti - tuzilgan sug’urta shartnomasidan 
kelib chiqqan holda belgilanadigan sug’urta kompaniyasining mumkin bo’lgan eng 
yuqori darajadagi javobgarligi. Sug’urtalovchining javobgarlik limiti sug’urta 
polisida o’z aksini topadi. 
Sug’urtani turkumlash (klassifikatsiyalash) - 1) sug’urta turlarini ierarxiya 
ko’rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo’linishi. Bunda har bir 
keyingi bo’g’in oldingi bo’g’inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug’urta 
ob’ekti sug’urtaning toifasi, sug’urta javobgarligining hajmi va sug’urta qismining 
shakli sug’urtani turkumlashning asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. 2) xorij 
amaliyotida sug’urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Evropa 
Ittifoqi davlatlarida sug’urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va 
hayotga joriy etilgan. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling