1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Ehtimollar nazariyasi - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo’yicha o’zaro 
aloqada bo’lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog’liq 
matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish 
ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar 
hisob-kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. 
Qayta sug’urtalash - sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq 
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug’urtalovchi 
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarini 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir 
qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi 
joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalarini sug’urta kompaniyalar bilan bir 
qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. 
Qayta sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) 
ko’rinishda bo’ladi. Bundan tashqari, qayta sug’urtalash proportsional va 
noproportsional 
bo’ladi. 
Proportsional 
qayta 
sug’urtalashda, 
qayta 
sug’urtalovchining berilgan risk bo’yicha ulushi tsedentning o’z javobgarligiga 
qoladigan qismi aniq bo’lgandan so’ng aniqlanadi. Noproportsional qayta 
sug’urtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda 
qayta sug’urtalovchi tsedentdan sug’urta mukofotining bir qismini oladi 
(proportsional qayta sug’urtalashdagidek sug’urta summasiga muvofiq keladigan 
sug’urta mukofotini emas). 
Qayta sug’urtalovchi broker - ikkita sug’urta kompaniyasi o’rtasidagi 
professional vositachi. 
Qayta sug’urtalovchi - sug’urta brokeri yordamida qayta sug’urtalash 
uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qayta 
sug’urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta 



Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling