“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
298
Ekstsedent riski - mazkur toifadagi risk bo’yicha zararni qayta sug’urtalash
to’g’risidagi kelishuv.
Ekstsedent zarari - noproportsionl qayta sug’urtalash shakli. Bunda
tsedentga o’z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta
sug’urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
O’zaro sug’urtalash jamiyati - foyda olishni ko’zlamaydigan notijorat
shaklidagi sug’urta kompaniyasi. Sug’urta qilishning tashkiliy shakli. O’zlarining
mulkiy manfaatlarini sug’urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy
shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O’zaro sug’urtalash jamiyati
yuridik shaxs hisoblanib, har bir sug’urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi
bo’ladi. AQSh va Yaponiyada asosan, hayot sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi
kompaniyalar o’zaro sug’urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda Yaponiyada
o’zaro sug’urtalash jamiyatlari hayotni sug’urtalash bozorining 89,4%ni tashkil
etadi.
Shaxsiy sug’urta - sug’urta ob’ekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog’ligi va
mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog’liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug’urta
tarmog’i. Shaxsiy sug’urta hayot sug’urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug’urtaga
va tibbiy sug’urtaga bo’linadi. U riskli va jamg’arma funktsiyalariga ega. Chet el
tajribasida shaxsiy sug’urta to’rtta sug’urta klassidan iborat bo’lib, inson
hayotidagi ro’y berish mumkin bo’lgan hodisalar (tug’ilish, o’lim, voyaga etish,
nikohdan o’tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog’liq barcha
sug’urta turlarini o’z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug’urta-bu uzoq
muddatli hayot sug’urtasi, aralash sug’urta va annuitetlardir.
Yashil karta - avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urtalash to’g’risidagi xalqaro shartnomalar tizimi. Mazkur sug’urta
turi bo’yicha shartnoma tuzilganlik faktini tasdiqlovchi polis. 1949 yilda
Evropaning 13ta davlati o’rtasida yashil karta to’g’risida shartnoma tuzilgan.
Hozirgi paytda yashil kartaga a’zo mamlakatlar 30 dan ziyodni tashkil etadi.
Yashil kartaga a’zo bo’lgan mamlakatlarda tegishli milliy byurolar tashkil etilgan
va u mazkur davlat hududida yashil karta bilan bog’liq ishlarni muvofiqlashtirib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |