1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Sug’urta shartnomasi - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo’lib, 
bunda sug’urta kompaniyasi sug’urta hodisasi tufayli zarar ko’rilganda 
sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasini to’lash 
majburiyatini, sug’urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug’urta mukofotini 
to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash 
uchun sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi beradi. Sug’urta 
shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo’shimcha shartlar sug’urta 
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Sug’urta - har xil noxush xodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilgan zararni 
qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug’urta xodisalari ro’y berganda 
ularga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan 
foydalanish bilan bog’liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig’indisi. 
O’tkazish shartiga qarab, sug’urta majburiy va ixtiyoriy bo’ladi. Ob’ektiga ko’ra, 
mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug’urtasiga bo’linadi. Sug’urtaning asosini risk 
tashkil etadi. Sug’urta - bu riskni taqsimlash usulidir. 
Sug’urtalanuvchi - qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida 
sug’urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxs. Sug’urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug’urta 
shartnomasini tuzishga xaqli. Sug’urtalanuvchi sug’urta mukofotini o’z vaqtida 
to’lashi shart. Sug’urta shartnomasini tuzish jarayonida sug’urtalanuvchi sug’urta 
ob’ektiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni sug’urta kompaniyasiga ma’lum 
qilishi shart. 
Sug’urta qoplamasi - mulkiy sug’urtada va sug’urtalanuvchining uchinchi 
shaxs oldida fuqarolik javobgarligini sug’urtasida zararni qoplash uchun sug’urta 
fondidan to’lanadigan pul mablag’i. Sug’urta qoplamasi sug’urta summasiga teng 
yoki undan kam bo’lishi mumkin. Sug’urta hodisasi ro’y berganlik xolati va shakli 
bo’yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug’urta kompaniyasi 
tomonidan sug’urta qoplamasi to’lanishida asos bo’lib xizmat qiladi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling