1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Offshor sug’urta kompaniyasi
- “Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
- Proportsional qayta sug’urtalash
- Risklarni joylashtirish
- Retrotsedent
Majburiy sug’urta- sug’urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo’lgan
shakli. Majburiy sug’urta qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu xujjatda sug’urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug’urta javobgarligining hajmi, sug’urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko’rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O’zbekistonda majburiy sug’urtani tegishli litsenziyaga ega bo’lgan har qanday sug’urta kompaniyasi o’tkazishi mumkin. Oferta- asosiy shartlar ko’rsatilgan holda sug’urta shartnomasini tuzish taklifi. Sug’urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga yo’llashi mumkin. Offshor sug’urta kompaniyasi- maxsus maqomga ega bo’lgan sug’urta kompaniyasi. Offshor sug’urta kompaniyalari soliq to’lash stavkalari eng kam bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug’urta operatsiyalari “Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 288 sug’urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati organlari tomonidan nazorat etilmaydi. Prolongatsiya- o’zaro kelishgan holda sug’urta shartnomasini amal qilish muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko’rinishda tasdiqlanishi mumkin. Proportsional qayta sug’urtalash- qayta sug’urtalash shartnomasini tuzish shakli. Bu erda qayta sug’urtalash kompaniyasi sug’urta mukofotlarini umumiy tushumidagi va sug’urta koplamalarini to’lashda o’z ulushiga ega. Proportsional qayta sug’urtalash shartnomalari kvotali, ektsedentli va kvota-ektsedentli shartnomalarini o’z ichiga oladi. Risklarni joylashtirish-1) sug’urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug’urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, teng ravishda sug’urtalash, qayta sug’urtalash va retrotsessiyaga to’g’ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug’urta vositachilari orqali sug’urta bozorida amalga oshiriladi; 2) sug’urta brokeri yordamida bir vaqtning o’zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo’lib, bir nechta sug’urta kompaniyasida sug’urtalash uslubi. Bir qancha sug’urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug’urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o’z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug’urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi. Raqobat - sug’urta kompaniyalarining sug’urta bozoridagi o’z ulushini egallashi uchun o’zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat sug’urtalanuvchi uchun sug’urta kompaniyalarini tanlab olishlarida ko’mak beradi. Raqobat sug’urta xizmatini kengayishida va ularning sifatini oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir sug’urta xizmatini ko’rsatayotgan bir necha sug’urta kompaniyalari raqobat sharoitida mijozlarni jalb etish uchun ularga sug’urta shartnomalarini tuzishda, sug’urta mukofotlarini to’lashda va sug’urta qoplamalarini qisqa muddatlarda to’lashda imkoniyat yaratadi. Retrotsedent- qabul qilib olingan qayta sug’urtalash riskini retrotsessiyaga (ikkinchi qayta sug’urtalash) beruvchi sug’urta yoki qayta sug’urtalovchi kompaniya. Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling