1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
-jadval Sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng oz miqdorlari
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
2.1-jadval
Sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng oz miqdorlari 37 (ekvivalenti mln. so‘m) Sug‘urta faoliyati turlari 2018 yil 1 iyuldan Umumiy sug‘urta sohasida 7500,0 Hayotni sug‘urtalash sohasida 10000,0 Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha 15000,0 Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha 30000,0 Bugungi kunda kamida 30 mlrd. so‘m miqdoridagi ustav kapitalini shakllantirgan kompaniyalarga qayta sug‘urtalash bilan qo‘shimcha ravishda 37 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni 159 shug‘ullanishga ruxsat etilgan bo‘lib, ular: “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” EIMSK, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ, "Gross Insurance" MCHJ, "Temiryo‘l-sug‘urta" MCHJ QSK hamda “Ingo Uzbekistan” AJ lardir. Mazkur kompaniyalar uchun qayta sug‘urta qo‘shimcha yo‘nalish hisoblanib, sohadagi me’yoriy hujjatlar asosida xizmat ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinadiki, ustav kapitali miqdorlarining oshishi bilan kompaniyalar qabul qiladigan majburiyat hajmi ham oshib boradi, bu esa ularning daromadi o‘sishini ta’minlaydi. Qayta sug‘urta operatsiyalarining negizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta tashkil etganligi bois, dissertatsiya ishining tahliliy qismida dastavval sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlarini yoritishga qaror qilindi, sug‘urta bozori hajmida qayta sug‘urta operatsiyalarining o‘rni va amalga oshirilishi keyingi bo‘limlarda o‘z aksini topadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda mamlakatda uchta yangi sug‘urta kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada O‘zbekiston bozorida sug‘urta kompaniyalari soni 30 taga etdi. Bu davrda bozorga kirgan uchta kompaniyaning ikkitasi hayotni sug‘urtalash sohasiga ("Euroasia Life" MChJ va "Kafolat Hayot" MChJ) ixtisoslashgan va bitta sug‘urta kompaniyasi ("Apex Insurance" MChJ) umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritadi. Shunday qilib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, umumiy sug‘urta sohasida 24 nafar va hayotni sug‘urtalash sohasida 6 nafar kompaniya faoliyat yuritmoqda. 2019 yil birinchi yarim yilligida esa bozorga yana 2 nafar sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasiga ixtisoslashgan holda kirib keldi, ular: “Imkon sug‘urta” MChJ hamda “PSB Insurance” lar bo‘lib, 2019 yilning may oylaridan o‘z faoliyatini boshladi. Tahlil etilayotgan davrda mamlakatdagi barcha sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi jadal o‘sib, 1,6 trln. so‘mga etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 76,3% ga ko‘pdir. 2018 yilgi inflyatsiya 38 darajasini hisobga oladigan bo‘lsak, mukofotlarning real o‘sish sur’ati 62,0% ga baholandi. Mazkur ko‘rsatkich 2018 yildagi YaIMning o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada oshadi va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5,1% 39 ni tashkil etganligini hamda umumiy hisobda sug‘urta sohasida rivojlanish dinamikasi ro‘y berganligini yaqqol ko‘rsatmoqda. 38 https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari 39 https://uzreport.news/economy ma’lumotlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling