1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari
20-MAVZU: SUG’URTANING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI VA ISTIQBOLI REJA: 1. Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy sug‘urta bozorida raqobatni rivojlantirish istiqbollari 1. Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari Mustaqillikning dastlabki yillaridan sug`urta tizimining rivojlanishiga jiddiy ahamiyat bergan holda hukumatimiz tomonidan raqobatga asoslangan sug`urta bozorini tashkil qilish va uni takomillashtirish borasida ko`plab chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Dastlab sug`urta tizimining huquqiy asoslari yaratildi, sug`urta sohasidagi davlat monopoliyasiga barham berildi va turli mulkchilikka asoslangan sug`urta tashkilotlarini tashkil qilishga, ularning sug`urta faoliyatini rivojlanishiga keng yo`l ochildi. Sug`urta tizimida sog`lom raqobat shakllantirildi. Bugungi kunda mamlakatimiz sug`urta bozori iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga ishonchli va zarur xizmatlarni ko`rsatish imkoniga ega bo`ldi. Muhimi aholining keng qatlami sug`urta xizmatlari bilan ta`minlanmoqda. Sug`urtaning majburiy tartibda kiritilishi, bir tomondan, sohaning eng asosiy muammolaridan biri bo`lgan aholi sug`urta madaniyatining ko`tarilishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, yetkazilgan zararning sug`urta mexanizmi orqali kafolatli qoplanish tizimini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi doirasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotda, moliya, shu jumladan, sug‘urta xizmatlari bozorida o‘zgartirishlar va islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu respublika sug‘urta bozorining barcha ishtirokchilaridan faoliyat sohasining hamma yo‘nalishlarida, xalqaro standartlarga 36 Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. 158 javob beradigan zamonaviy sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish bosqichidan tortib, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishgacha bo‘lgan faoliyat samaradorligini yuksaltirishni taqozo qiladi. Darhaqiqat, so‘ngi yillarda mamlakat sug‘urta bozorida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi natijasida uning barcha jabhalarida rivojlanish tendensiyalari kuzatilmoqda, shu jumladan qayta sug‘urtalash yo‘nalishida ham iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan talablar doirasida amalga oshirib kelinmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida faqat qayta sug‘urta sohasida faoliyat yuritadigan kompaniya hanuz tashkil etilmadi, bu esa milliy bozorda qayta sug‘urtalash amaliyoti qo‘llanilmaydi, degani emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177- sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan, 2018 yilning 1 iyuliga qadar sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish belgilandi. Yuqorida qayd etilganidek, sug‘urtalovchilar yuqori riskli ob’ektlarni sug‘urtalashda qayta sug‘urtadan foydalanish orqali o‘zlarini moliyaviy jihatdan himoyalaydi, shundan kelib chiqadiki yuqori risklar natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun kompaniyalar etarlicha kapitalga ega bo‘lmog‘i lozim. Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling