1-Mavzu: Suyuqliklarni sirt tarangligi
Download 192.68 Kb.
|
1-Mavzu Suyuql-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaogulyatsiya chegarasi
- MASALA ECHIMLARIDAN NAMUNALAR
- Yechish: 1) har bir elektolitni mmol miqdori hisoblanadi
- 2) zol va elektrolit umumiy hajmi
- 4)Har bir elektrolitning kaogullash xususiyati P = bo’yicha aniqlanadi.
- 5) elektrolitlarni bir biriga nisbatan kaogullash xususiyatini aniqlang;
AMALIY MASHG’ULOT № 5
Mavzu: Dispers sistemalarning barqarorligi va kaogulyatsiya chegarasini hisoblashga doir masalalar yechish Kolloid eritma zarrachalarini bir – biriga yopishib, cho’ka yoki iviq hosil qilishigaKoagulyasiyadeyiladi.Ayrim koagulyasiya vaqtida hech qanday o’zgarish sezilmay (yashirin koagulyasiya), ba’zan esa kolloid eritmaning rangi o’zgaradi. Kolloid eritmalarda diffuziya qavatidagi ion bulutlarida desolvatlanish ro’y berib, elektrokinetik potensial kamayadi.Natijada zarrachalar o’zaro yopishib koagulyatsiya sodir bo’ladi.Bunday hol harorat ko’tarilganida, kolloid zoliga birorta elektrolit yoki elektrokinetik potensialni kamaytiradigan zollar qo’shilganida ro’y beradi. Kaogulyatsiya bir muncha tez borgandagi elektrokinetik potensialni kritik potensial deb yuritiladi. Ko’pgina zollar uchun kritik dzetta potensial 25 – 30 mV ni tashkil qiladi. Kritik dzetta potensiali 30mV dan yuqori bo’lgan zollar amalda barqaror, undan kichik bo’lsa zol beqaror bo’ladi.Zolni dzetta potensiali kritik potensialdan qancha kichik bo’lsa, u shuncha tez kaogulyatsiyalanadi. Zollar izoelektrik holatida kata tezlikda kaogulyatsiyaga uchraydi.Zolga elektrolit qo’shilganida kaogulyatsiya tezlashadi.Qo’shiladigan elektrolitkaogulyator deyiladi.Kaogulyatsiyani ko’z bilan ko’rish uchun dastlab zol ustiga oz miqdorda elektrolit qo’shiladi, bu Kaogulyatsiyani boshlanishi deyiladi.Kaogulyatsiyani tug’diruvchi konsentratsiya yetarli bo’lmasa,Kaogulyatsiya yashirin kechadi.Kolloid zollarini zaryadiga qarama – qarshi zaryadli elektrolit qo’shilganida kolloid zarrachalari tez kaoullanadi.Kaogullash xususiyatiga ega bo’lgan elektrolit ionlarning miqdori Kaogulyatsiya chegarasi deyiladi. Bu quyidagi kattalik bilan ifodalanadi: P = Elektrolit ionlarining kaogullash xossasi ma’lum darajada ionlarning zaryadini kattaligiga bog’liq. Ion zaryadi – valentligi qancha kata bo’lsa, uning kaogullash xossasi shuncha kuchli bo’ladi (SHuls-Gardi qoidasi). Shuningdek, ionlarni kaogullash xossasi ularning gidratlanish xossasiga ham bog’liq. Gidratlanish qancha yuqori bo’lsa, Kaogulyatsiyani boshlanishi shuncha tez bo’ladi va ionlarning (kaogulyator ionining) kaogullash xossasi shuncha kam bo’ladi. Zollarning boshlang’ich kaogullanish miqdori mol/l yoki mg-ekv/l bilan ifodalanadi. MASALA ECHIMLARIDAN NAMUNALAR Misol: Hajmi 5 ml bo’lgan Fe(OH)3 zolini kaogullash uchun 3n KCl eritmasidan 4 ml; 0,02n K2SO4 eritmasidan 0,5 ml; 0,0005n K4[Fe(CN)6] eritmasidan 3,9 ml qo’shilgan. Shu kaogulyatorlarni kaogullash xususiyatini va bir biriga nisbatan kaogullash xossasini ustunligini aniqlang. Berilgan: V1=4ml; s1=3n; V2=0,5ml; s2=0,02n; V3=3,9ml; s3=0,0005n. Yechish: 1) har bir elektolitni mmol miqdori hisoblanadi: m1 = 43 = 12 mmol, m2 = 0,50,02 = 0,01 mmol, m3 = 3,90,0005 = 0,00195 mmol (millimol). 2) zol va elektrolit umumiy hajmi: V1 = 4+5 = 9ml, V2 = 0,5 + 5 = 5,5ml, V3 = 3,9 + 5 = 8,9ml. 3) Kaogulyatsiya chegarasi c= dan aniqlanadi. CKCl = = 1333,3 mmol/l, CK2SO4 = =1.82 mmol/l, CK4Fe(CN)6 = =0,2 mmol/l. 4)Har bir elektrolitning kaogullash xususiyati P = bo’yicha aniqlanadi. P1 = = 7,5 P1 = = 0,55 P1 = = 4,55 5) elektrolitlarni bir biriga nisbatan kaogullash xususiyatini aniqlang; p1:p2:p3 =7,5 : 0,55: 4,55 = 1:733:6067. MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR. 1 masala: Kolloid zollarning kaogullovchi elektrolitlarning konsentratsiyalari (mmol/l) quyidagicha berilgan:
Zollarning zaryad belgilarini aniqlang. 2 masala: kumush yodid zoliga qo’shiladigan elektrolitlarni kaogullovchi konsentratsiyalari (mmol/l) quyidagicha berilgan
Berilgan zolni zaryad belgisini va har bir qo’shilgan elektrolitning kaogullovchi xossasini aniqlang. 3 masala: 0,03% osh tuzini 100 ml eritmasiga 0,001n kumush nitrat eritmasidan 250 ml qo’shilganida hosil bo’lgan kumush xlorid zolining kaogullanishini o’rganish uchun elektrolitlardan KBr, Ba(NO3)2, K2CrO4, MgSO4 va AlCl3 lar qo’shilgan. Shu elektrolitlardan qaysi biri eng oz miqdorda kaogullash xossasiga ega. 4 masala: teng hajmda KJ va AgNO3 eritmalari aralashtirib kumush yodid zoli hosil qilingan. Shu zolni kaogullash uchun har xil elektrolitlarning miqdori quyidagicha berilgan:
Kumush yodid zolini kaogullash uchun elektrolitlarni qaysi biridan ko’proq olinadi? 5 masala: Musbat zaryadli Fe(OH)3 zolini kaogullovchi ion anionidir. Bir valentli anion hosil qiluvchi tuzlarning kaogullovchi miqdorlari bir biriga yaqin bo’lib, 10,7 mmol/l ni tashkil qiladi. Ikki valentli anion hosil qiluvchi tuzlarning kaogullovchi miqdorlari ham bir biriga yaqin bo’lib, 0,2 mmol/l bo’lsa, ikki valentli anionlarni kaogullash xossasi bir valentli anionlarnikiga nisbatan necha marta ortiq bo’ladi? 6 masala: manfiy zaryadli As2S3 zolini kaogullovchi ion katoindir. KNO3 , MgCl2 va AlCl3 elektrolitlarni kaogullovchi miqdori (mmol/l): 50; 0,72 va 0,093 bo’lsa valentligi har xil bo’lgan shu kationlarni kaogullash xususiyatlari o’zaro qanday nisbatlarda bo’ladi? 7 masala: Fe(OH)3, As2S3, H2SiO3(“+” zaryadli) va AgJ(“-“ zaryadli) zollar berilgan. Shulardan qaysi birlari bir birlari bilan aralashtirilganida kaogulyatsiya sodir bo’ladi? Download 192.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling