1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
Septik tindirgichlar. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi temir betonda ishlangan uch xonali tindirgich. Bo‘linmalar orasida chiqindi suvlar o‘tishi uchun maxsus teshiklar bor. Septik tindirgichlarda chiqindi suv 6-12 soat, goho 24 soat davomida tindiriladi, cho‘kma kamida 6 oy davomida saqlanadi.
Septik tindirgichlarning suvdagi osilma moddalarni ushlab qolish qobiliyati 70% ni tashkil qiladi. CHo‘kma uzoq vaqt davomida chiritiladi, bu jarayon suv ostida oksigen qatnashmagan holatda, ya’ni anaerob sharoitda o‘tadi, jarayon nordon achitish reaksiyasi bilan boradi, bunda noxush hid chiqaradigan gazlar, vodorod sulfid va boshqalar paydo bo‘ladi. Organik moddalarning zarrachalari parchalanib, engillashib qoladi, suv tagidagi gazlar pufakchalar hosil qilib yuzaga chiqa boshlaydi. U o‘zi bilan engillashib qolgan zarrachalarni ham suv yuzasida olib chiqadi. Keyinchalik suv yuzasida qalin po‘stloqqa o‘xshash qattiq qatlamlar paydo bo‘ladi. Septik tindirgichdagi chiqindi suvlar cho‘kma va po‘stloq qatlamlar orasidan o‘tib, tindirgichdan tashqariga chiqadi. Bunda suvning oksidlanish jarayoni 20-30% ga pasayadi. Septik tindirgichda chiqindi suv o‘z holiga, yaxshilanish tomoniga qaytish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Ammo o‘ziga juda ko‘p oksigenni qabul qilishi tufayli biologik oksidlanish va tozalash yaxshi ketishiga halal beradi. Xuddi shunday ta’sir septik qurilmalardan chiqqan ochiq suv havzalariga tashlanganda ham sodir bo‘ladi. Septik tindirgichlar ushbu kamchiliklari borligi sababli arzon bo‘lishiga qaramay kam ishlatiladigan bo‘lib qoladi. U faqat aholisi kam joylarda, ayrim kanalizatsiyasi bor binolarda ishlatiladi. Septik tindirgichlardan ajralib chiqqan suv albatta, biologik yo‘l bilan tozalanishi kerak. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling