1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
SHahar chiqindi suvlarini zararsizlantirish
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
SHahar chiqindi suvlarini zararsizlantirish
SHahar chiqindi suvlarini tozalashning oxirgi bosqichi uni zararsizlantirishdir. Ma’lumki, ochiq suv havzalariga biologik usul bilan tozalangan chiqindi suvlarni tashlab bo‘lmaydi, chunki bunday suvlarni zararsizlantirmay suv havzasiga tashlash turli yuqumli kasalliklarni tarqatish xavfini tug‘diradi.Qorin tifi, ichburug‘, sariq kasalligi va boshqalarning tarqalishiga ko‘pincha ichimlik suvining ifloslanishi sabab bo‘lgan. Tozalash inshootlarida tozalangan suv hech qachon yuz foiz viruslardan tozalanmaydi. Zararsizlantiruvchi omillardan eng ko‘p ishlatiladigani xlor hisoblanadi. Xlor gaz holatida va xlorli ohak holida ishlatilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda tozalash inshootlarining o‘zida elektroliz yo‘li bilan faol xlor ajratib olish masalasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu har tomonlama foydali usul. Bunda xlor miqdori xlorator yordamida aniqlanib, kerakli miqdorda suvga solinadi. CHiqindi suvlarning xlorlangandan keyingi xususiyatini bilish uning ko‘rsatkichlarini aniqlash gigiena fanining vazifasi hisoblanadi. Jumladan, chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar har qanday sharoitda ham tabiiy suvnikidan ko‘pdir, demak bunday suvlar xlorni o‘ziga ko‘proq tortadi. Demak, chiqindi suvlarni zararsizlantirish uchun ko‘proq xlor sarflanadi. CHiqindi suvlar uchun belgilangan xlor normasi 10 mg, mexanik yo‘l bilan tozalangan suvlar uchun 30 mg. Suv zararsiz holatga o‘tishi uchun xlor bilan yaxshilab aralashishi kerak, buning uchun 30 minut vaqt ketadi. Buning uchun tozalash inshootlariga aralashtirgich qurilma o‘rnatiladi. Suv xlorlangandan so‘ng sistemali ravishda laboratoriyada qoldiq xlor aniqlanishi kerak. Qoldiq xlorning ruxsat etiladigan normasi bir litr suvga 1,5 mg. Vaqti-vaqti bilan suvning bakteriologik holati tekshirib turiladi. S.N.CHerkinskiy va A.V.Kulikovlarning fikricha, suvning kolindeksi 1000 dan oshmasligi kerak. Masalan, Kojuxovskiy tozalash inshootida tozalangan chiqindi suvni xlorlash oqibatida 1 ml. suvdagi ichak tayoqchalari soni 10-60 atrofida bo‘lgan.
Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling